Top-3: Eng past komissiyali ilova
Hozirgi kunda kartadan-kartaga o’tkazmalar xizmatidan deyarli barcha foydalanadi. Va ko’pchilikni: Qaysi ilovada komissiya kamroq? – degan savol qiziqtiradi. Keling bugun shu savolga javob topamiz.
Avvalo, o’tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega 30 dan ortiq ilova borligini aytish kerak. Ularda o’tkazma yo’nalishiga ko’ra turli miqdorda komissiya belgilangan. 10 dan ortiq ilovalarda Humo-Humo yo’nalishi uchun komissiya 0% ni tashkil etadi.
TBC UZ ilovasida maxsus aksiya davomida 3-iyundan 3-sentabrgacha har qanday yo'nalishda oyiga 3 mln so'mgacha komissiyasiz o'tkazmalar amalga oshirish mumkin. Bir oy davomida o’tkazmalarning 3 mln so’mdan yuqori bo’lgan qismi uchun komissiya 0,4%
CLICK ilovasida Humo-Humo yo’nalishi uchun komissiya 0,8%. Ammo o'tkazma summasidan 0,5% CLICK-hamyonga keshbek sifatida taqdim qilinadi. Ya’ni, Humo-Humo yo’nalishi uchun komissiya 0,3% deyish ham mumkin.
E’tiboringizga eng past komissiyali ilovalarning yo’nalishlar bo’yicha uchligini taqdim qilamiz.
Yo’nalish | Komissiya/Ilova | ||
Uzcard-Uzcard | 0%/TBC UZ | 0,35%/Apelsin | 0,5%/Joyda* |
Uzcard-Humo | 0%/TBC UZ | 0,3%/Anor Mobile | 0,35%/Apelsin |
Humo-Uzcard | 0%/TBC UZ | 0,3%/Anor Mobile | 0,35%/Apelsin |
Humo-Humo | 0%/TBC UZ | 0%/Milliy** | 0%/Apelsin** |
*Anor Mobile, Beepul, Paynet, OFB24, MyAlliance, InfinBank, RBK-Mobile, Universal Mobile, Turkiston Bank, Ipoteka Mobile, Zoomrad, Ipak Yo'li Mobile, Asaka Mobile, Hamkor Mobile, MyTuron, Quant, TrustPay, Savdogar Mobile, Xalq Mobile, MKB Mobile, Milliy va Agrobank Mobile ilovalarida ham Uzcard-Uzcard yo’nalishi uchun komissiya 0,5%.
**Anor Mobile, Universal Mobile, Quant, Paynet, Hamkor Mobile, MyAlliance, Ipak Yo'li Mobile, TrustPay, Zoomrad va Ipoteka Mobile ilovalarida ham Humo-Humo yo’nalishi uchun komissiya 0%.
Barcha ilovalarning komissiyalari bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.