Top.Mail.Ru

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan ayollar va yoshlar uchun mikroqarz ajratilishidan xabaringiz bormi?

Siz hali yoshman yoki men ayol kishiman, tadbirkorlik faoliyatimni boshlashga mablag‘im yo‘q, oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganligim sababli uyda turmush o‘rtog‘imga moddiy yordam qila olmas ekanman,

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan ayollar va yoshlar uchun mikroqarz ajratilishidan xabaringiz bormi?

Siz hali yoshman yoki men ayol kishiman, tadbirkorlik faoliyatimni boshlashga mablag‘im yo‘q, oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganligim sababli uyda turmush o‘rtog‘imga moddiy yordam qila olmas ekanman, - deb tushkunlik va asabiylikda bolalar tarbiyasi bilan band bo‘lib o‘tiribsizmi?

Endi, Sizlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilganidan xabaringiz yo‘qmi?

Bugungi kunda aholini tadbirkorlikka jalb qilish yoshlar va ayollarni kasb-hunar egallashlari uchun sharoitlar yaratish, ulardagi tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz rahbari tomonidan ko‘plab imtiyozlar yaratilmoqda.

Xususan, tijorat banklari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarga 33 million so‘mgacha mikroqarzlar ajratiladi. Kredit olish uchun tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslar Mikrokreditbank yoki Xalqbankining joylardagi filiallariga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Arizalar bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan ko‘rib chiqiladi va bank skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan ijobiy yoki salbiy qarorini chiqaradi. Qaror nusхasi albatta, qarz oluvchiga va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi.

Ajratiladigan mikroqarzning miqdori qancha?

-   Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha;

-   Mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga 225 million so‘mgacha mikroqarz ajratiladi.

Kreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarz oluvchilarga kreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.

Mazkur kredit tadbirkorlik faoliyati boshlashida moddiy ko‘mak berish maqsadida faqat bir marotaba ajratiladi. Shuningdek, Bank jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchilarga mikrokreditlarni taʼminotsiz ajratadi.

Mikrofirma va kichik korxonalar taʼsis etgan shaxslar esa kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:

-    uchinchi shaxs kafilligi;

-    sug‘urta polislari;

-    kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar;

-   Agentlik huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi;

-   qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.

Mikroqarz ajratilmaydigan holatlar:

-   ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish uchun;

-   alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun;

-   savdo-vositachilikni amalga oshirish uchun;

-   ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish uchun.

Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda vakolatli davlat organi bilan birgalikda tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish kurslarini o‘tang, Siz ham tadbirkorga aylaning.

Depozit.uz tavsiya etadi.

16:31 • 28 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish