Qarz oluvchilar qandaydir sabablarga ko'ra kredit ahamiyatsiz bo'lib qoladigan vaziyatga duch kelishi mumkin.
Savol tug'iladi: kredit olishdan qanday voz kechish mumkin? Voz kechish tartibi va ushbu harakatning oqibatlari bir nechta omillarga – kredit turiga, shartnoma imzolanganidan beri qancha vaqt o'tganiga bog'liq. Keling, kreditdan voz kechishning muhim tomonlarini batafsil ko'rib chiqaylik.
Kredit olishdan voz kechish mumkinmi?
Iste'molchi kredit olishdan voz kechishning qonuniy huquqiga ega. Bu huquq quyidagilar bilan taqdim etiladi:
Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. (746-modda)
Iste’molchi foydalanilmagan moliyaviy iste’mol kreditidan voz kechish haqida moliyaviy iste’mol krediti bergan tashkilotni shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor etish orqali mazkur kreditdan voz kechishga haqli.
Bank kredit yoki lizing shartnomasida shartnoma tuzilgandan keyin va mijoz tomonidan pul mablag‘lari olingunga yoxud lizing bo‘yicha mol-mulk uchun to‘lov amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan davrda iste’molchining kredit yoki lizing olishdan bepul asosda voz kechish huquqini nazarda tutishi lozim.
Voz kechish shartnoma bo'yicha majburiyatlarni buzish hisoblanmaydi va jarima solishga olib kelmaydi.
Kreditdan voz kechishda mijozning harakatlari shartnoma bosqichiga bog'liq bo’ladi:
Kreditni qanday qilib bekor qilish kerak?
Shartnomani imzolashdan oldin kreditdan voz kechish
Voz kechishning eng oson usulu – bu bank va mijoz o'rtasidagi munosabatlar tasdiqlangan ariza bosqichida bo'lganidadir. Potentsial qarz oluvchi hech qanday yozma majburiyatlarni taqdim etmagan, shuning uchun shunchaki bankka qo'ng'iroq qilishi va menejerga kreditga ehtiyoj yo'qolganligi haqida xabar berishi mumkin.
Aslida, hatto bankka murojaat qilish ham shart emas, shunchaki kredit olish jarayonini davom ettirmaslik yetarli. Ammo baribir, bank bilan munosabatlarni buzmaslik va xodimlarni xabardor qilish maqsadga muvofiqdir.
Shartnoma imzolangan, lekin kredit olinmagan bosqichda kredit olishdan bosh tortish
Bunday holda, bank bo’limi / filiali rahbariyatiga pul ajratmaslik va kredit shartnomasini bekor qilish talabi bilan murojaat qilish kerak. Bu qonun bilan nazarda tutilgan. Shuningdek, kredit shartnomasi shartlarini bilish muhim, chunki unda kredit shartnomasini bekor qilish uchun qo'shimcha talablar nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.
Shartnoma imzolangan va mablag'lar olingan holatda kreditdan voz kechish
Pul olingan, ammo hali sarflanmagan. Bu eng qiyin vaziyat emas, chunki har bir mijoz kreditni muddatidan oldin to'lash huquqiga ega. Bu holat aynan kredit muddatidan oldin qaytarish sifatida qabul qilinadi. Mijoz kredit muddati tugashidan oldin pulni qaytarish talabi bilan bankka murojaat qilish kerak. Bunday ehtiyoj qachon paydo bo'lishidan qat'i nazar, kreditdan rasmiy "foydalanish" uchun foizlarni qo'shimcha ravishda qaytarish kerak bo'ladi. Bank pul olingan paytdan boshlab o’tgan bir necha soniyani ham to'liq operatsion kun sifatida hisoblaydi va shu kun uchun foiz to’lash kerak bo'ladi.
Ammo bu faqat maqsadli bo'lmagan kreditlarga, ya'ni mikroqarzlarga tegishli. Boshqa kreditlar, masalan, avtokreditlar va ipoteka kreditlari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki to'lov va garov bilan olingan kreditdan voz kechish qiyinroq. Buning sababi shundaki, bank dastlabki to‘lov va kredit summasini qarz oluvchining hisob raqamiga emas, balki quruvchi tashkilot (ipoteka) yoki dilerlik markazi (avtokredit) hisob raqamiga o‘tkazadi.
Quruvchi yoki avtomobilni sotuvchi tashkilot pulni qaytarishdan bosh tortishi mumkin. Bu holatda transport yoki ko'chmas mulk sotilgandan keyingina pulni bankka qaytarish mumkin. Bu ba’zi pul yo'qotishlariga olib kelishi mumkin. Misol uchun, kechagina salondan sotib olingan mashina haydalgan mashina deb hisoblanadi. Shunga ko'ra, uning narxi salonda e'lon qilinganidan kamroq bo'ladi.
Kredit berishni rad etish oqibatlari
Bu yerda ko'p narsa bankka bog'liq. Agar mutaxassislar bunday bunday holat bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan bo'lsa va vaziyatni to’g’ri tushunishsa, unda muammolar bo'lmaydi. Ammo agar kreditdan voz kechish ko'plab nizolar, muddati o’tgan to’lovlar va boshqa ko'plab omillar bilan bog'liq bo'lsa, bu bankda yangi kredit olish muammoli bo'ladi. Bundan tashqari, qarz oluvchi to'g'risidagi ma'lumotlar kredit byurosiga ketadi va kreditni muddatidan oldin to’laganlik holati boshqa banklarda kredit arizasi ko'rib chiqilishida hal qiluvchi salbiy ahamiyatga ega bo'lishi ham mumkin.