Top.Mail.Ru

Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun mikroqarzlar

Qonunchilikka asosan, kreditlar o’z faoliyati natijasida olingan daromadlarga ega bo’lgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunday daromadlarga oylik ish haqi, pensiya, dividend va boshqa tasdiqlangan daromadlar kiradi.

Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun mikroqarzlar

Rasmiy ish haqi – bu bank qaror qabul qilishi uchun zarur bo'lgan qarz oluvchining to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatdir. Axir mijoz hech qayerda ishlamasa, qaysi mablaglari hisobidan kreditni qaytaradi?

Afsuski deklaratsiya qilinmagan daromadlar bugungi kunda ham mamlakat aholisi daromadlarining katta qismini tashkil qilmoqda. Albatta, kredit tashkilotlarining bundan xabari bor va vaziyatni yaxshi tushunadi.

Daromadni tasdiqlovchi hujjatlarni hisobga olmagan holda kredit olish oson ish emas. Biroq, kreditorlar bilan bitim tuzishga muvaffaq bo'lgan ishsiz fuqarolarning alohida guruhlari mavjud.

Moliyaviy institutlar muqobil daromad manbalarini yoki qarz oluvchilarning maxsus toifalariga mansubligini ko'rsatishga imkon beradi. Masalan, ko'plab banklar pensionerlarga kredit beradi. Pensionerlar pensiya shaklida doimiy daromad olish imkoniyatiga ega bo'lgan aholi guruhiga kiradi, shuning uchun ular kreditlarni qaytarmasligi xavfi juda past.

Bundan tashqari, kredit tashkiloti uchun mijozning daromad manbai tasdiqlanishi muhimdir. Misol uchun, agar siz rasmiy ravishda ishlamasangiz, lekin ijaraga beradigan va oylik ijaraga haqi oladigan ko'chmas mulkingiz bo'lsa, bank buni doimiy daromad manbai sifatida qabul qiladi.

Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar kategoriyasi mavjud. Bu haqda “O'zbekistonda o’zini o’zi band qilgan shaxs maqomiga qanday ega bo’lish mumkin?” degan maqolamizda batafsil ma’lumot bergan edik. Qonunga ko'ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatga olinganlar daromadsiz shaxslar hisoblanmaydi va ular belgilangan tartibda kredit olish uchun banklarga murojaat qilish huquqiga ega.

Rasmiy daromadga ega bo'lmagan, shuningdek, yuqorida aytilgan toifaga kirmagan shaxslar garov bilan mikroqarz olishi ham mumkin.

Agar ishsiz fuqaroga katta miqdorda kredit kerak bo'lsa, ko'chmas mulk, avtomashina yoki boshqa mol-mulkni garovga qo'ygan holda kredit olish mumkin. Biroq garov ta'minoti bo'yicha kreditni yomon tomoni shundaki, kechiktirilgan to'lovlarning paydo bo'lishi qarzlarni majburiy undirishga olib keladi. Mijoz ko'chmas mulk, transport vositasi yoki garovga qo'yilgan boshqa mulkni yo'qotish xavfiga duch keladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va rasmiy daromadga ega bo’lmaganlar uchun mikroqarzlar (2023-yil 6 oktabr holatiga):

 BankMikroqarz nomiMaksimal summaMuddatiFoiziMijozTa’minot
1TuronbankMikroqarz (rasmiy daromadsiz)50 mln4 yil29%Barcha mijozlarLikvid mol-mulk garovi
Mikrokredit (o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun)300 mln3 yil27.99%O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
2Ipak Yo‘li bankO'zini o'zi band qilganlar uchun mikroqarz50 mln5 yil27.99% danO‘zini o‘zi band qilgan shaxslarLikvid mol-mulk garovi
3TrastbankO'zini o'zi band qilganlar uchun mikroqarz50 mln3 yilgacha23.99% danO‘zini o‘zi band qilgan shaxslarAvtotransport vositasi garovi
4ASIA ALLIANCE BANKMikroqarz «Avto Lombard»50 mln3 yil34%O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarAvtotransport vositasi garovi
5TBC BankOnline mikroqarz50 mln3 yilgacha28% danBarcha mijozlarTalab etilmaydi
6ANOR BANKOson pullar 3.050 mln3 yilgacha49% danBarcha mijozlarLikvid mol-mulk garovi

 

Shunday qilib, banklar barqaror daromadga ega bo'lmagan fuqarolarga kredit berishdan bosh tortadilar. Biroq, bunday noxush vaziyatda ham siz boshqa yo'llarni topishingiz mumkin. Qarz oluvchi maxsus kreditlash dasturlaridan foydalanish, mikrokredit tashkilotlariga murojaat qilish, garov taklif qilish yoki boshqa daromad manbalari haqida ma'lumot berish orqali kredit olishi mumkin. Asosiysi, eng yaxshi shartlarga ega kreditorni izlab topishdir.

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.

14:38 • 06 October, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish