Top.Mail.Ru

Qaysi banklarda ipoteka kreditini subsidiya asosida rasmiylashtirish mumkin?

Ipoteka kreditini subsidiya asosida olish uchun davlat dasturi bo’yicha ipoteka kreditini taqdim etadigan banklarga murojaat qilish kerak.

Qaysi banklarda ipoteka kreditini subsidiya asosida rasmiylashtirish mumkin?

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka kreditlari 31 ta bankdan 12 tasi tomonidan beriladi. Ushbu ipoteka krediti faqat birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun taqdim etiladi.

  • Ipoteka kreditining maksimal miqdori:
  1. Toshkent shahri uchun 416,5 million so‘m;
  2. Boshqa hududlar uchun 327,25 million so‘m.
  • Boshlang‘ich to‘lov – uy-joy narxining 15 foizi miqdorida;
  • Foiz stavkasi – sotib olingan uy-joyning joylashgan joyiga qarab 17-18 foiz miqdorida;
  • Ipoteka kreditining muddati – 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil;
  • Kreditni qaytarish usuli: mijozning xohishiga ko’ra differensial yoki annuitet to'lovi usulida.

Quyidagi banklarda davlat dasturi asosida ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.

Bank nomiFoiz stavkasi
Toshkent shahriBoshqa shaharlarQishloq joylar
Agrobank18%18%17%
Asakabank17%17%17%
Aloqabank18%18%17%
Hamkorbank17%17%17%
Ipoteka-bank18%17%17%
Mikrokreditbank17%17%17%
Orient Finans bank17%17%17%
O‘zmilliybank18%18%18%
O‘zsanoatqurilishbank17%17%17%
Turonbank18%18%17%
Qishloqqurilishbank17%17%17%
Xalq banki17%17%17%

!!! Shuni bilish kerakki, subsidiya bank tomonidan berilmaydi. 

Ipoteka kreditini subsidiya asosida olish uchun mijoz birinchi navbatda subsidiya uchun ariza topshirishi va subsidiya ajratilishi bo’yicha ijobiy qarorga ega bo’lishi lozim. Undan so’ng, bankka kerakli hujjatlar bilan murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Bank kredit ajratilishi bo’yicha qarorni mustaqil ravishda o’z ichki siyosatidan kelib chiqqan holda qabul qiladi. Shuningdek, subsidiya bo’yicha ijobiy qaror qabul qilingan bo’lsa ham, bank kredit ajratish bo’yicha rad javobini berishi mukin.

Barcha ipoteka kreditlarining batafsil shartlari bilan Ipoteka kreditlari sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:34 • 20 October, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish