Pul mablag'larini ajratilishini tasdiqlashdan oldin, har bir bank potentsial mijozning to'lov qobiliyatini tekshiradi.
Bu kreditorlarga mablag'larning qaytarilmasligi xavfini kamaytirishga, mijozlarga esa moddiy va mulkiy muammolarga duch kelmaslikka yordam beradi. Ushbu ko'rsatkichga mijozning qarz yuki va joriy moliyaviy holati ta'sir qiladi.
Qarz yuki ko’rsatkichi nima?
Qarz yuki ko’rsatkichi bu kredit majburiyatlari bo'yicha barcha to'lovlarning daromadlarga nisbati.
Qarz yuki mijozning bank oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarining yig'indisidir. Ushbu ko'rsatkich qarz oluvchining shaxsiy byudjeti qanchalik yuklanganligini, qo'shimcha kreditlarni to'lash imkoniyati qanday darajada ekanligini baholashga yordam beradi.
Qarz yukini hisoblashning qonunchilik asosi bo’lib Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki o‘sishini cheklash to‘g‘risidagi nizom hisoblanadi.
Qarz yuki qanday hisoblanadi?
Potentsial qarz oluvchilar mustaqil ravishda quyidagi formula asosida o’zlarining qarz yuki ko'rsatkichini hisoblashlari va kredit olish imkoniyatlarini baholashlari mumkin:
Kreditlar va qarzlar bo'yicha oylik to'lovlar miqdori / oylik daromad miqdori * 100 = Qarz yuki ko'rsatkichi
1-qadam - barcha kredit majburiyatlarini to'lashga qaratilgan xarajatlar miqdorini hisoblaymiz.
Ushbu xarajatlarga quyidagilar kiradi:
2-qadam - oylik daromad miqdorini to'g'ri hisoblaymiz.
Qarz yuki ko'rsatkichini hisoblashda oxirgi 12 oydagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo’lgan barcha daromad manbalari hisobga olinadi:
Muhim: hisob-kitoblar uchun daromad miqdori soliqlar chegirib tashlanganidan keyin olinadi.
O'rtacha oylik daromadni aniqlash uchun barcha daromadlar summasini 12 ga bo'lish kerak va keyingi hisob-kitoblar uchun shu summadan foydalanish mumkin.
3-qadam – natijalarni formulaga qo’yamiz va qarz yukini aniqlaymiz.
Masalan, o’rtacha oylik daromad 5 million so‘m, mavjud va ariza berilgan kreditlar bo‘yicha oylik to‘lov 2 million so‘m bo‘lsa, bu holda qarz yuki 40 foizni tashkil etadi.
Qarz yukini hisoblash tartibiga ko'ra, bu ko'rsatkich 50% dan oshmasligi kerak.
Qarz yuki yuqori bo'lsa, kredit olish imkoniyati bormi? Ha, banklar qarz yuki ko'rsatkichi normadan yuqori bo'lgan holatlarda ham kredit berish huquqiga ega. Kredit ajratish to’g’risida qarorni bank o’zi mustaqil qabul qiladi. Masalan, ko’p hollarda avtokreditlar va ipoteka kreditlari uchun banklar ko’rsatkichni 70% qilib belgilaydi.
Mutaxassislar bankka kredit olish uchun murojaat qilishdan oldin mijozning o’z moliyaviy imkoniyatlarini baholashni tavsiya qiladi. Daromadning yarmidan ko'pini qarzlarni to'lashga sarflash xavfli. Qarz yukining yuqori darajada bo’lishi moliyaviy qiyinchiliklar vaqtida to'lovlarga dosh bermasdan qarzga botib qolishga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, yuqori qarz yuki bilan kredit olish imkoniyati kamayadi. Kreditning rad etilishi mijozning kredit tarixida aks ettiriladi va boshqa banklarni ogohlantirishi mumkin. Shuning uchun, kredit olish uchun ariza berishdan oldin, har qanday holatda, qarzlarni to'lash uchun sizning daromadingiz va xarajatlaringiz nisbatini baholashi zarur. O'z to'lov qobiliyatini ob'ektiv baholagan qarz oluvchilar qulay shartlarda kredit olish ehtimoli ko'proq.
Qarz yuki ko'rsatkichini bilib olish uchun Kreditga layoqatlilikni Depozit.uz sayti orqali tekshiring.