Top.Mail.Ru

Qanday qilib boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin?

Bugungi kunda aholining uy-joylarga hamda mavjud uy-joylarni taʼmirlash uchun rasmiylashtiriluvchi ipoteka kreditlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda.

Qanday qilib boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin?

Bugungi kunda aholining uy-joylarga hamda mavjud uy-joylarni taʼmirlash uchun rasmiylashtiriluvchi ipoteka kreditlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shahar va qishloqlarda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ko‘pqavatli va zamonaviy yangi turar-joy obyektlari foydalanishga topshirilmoqda. 2021-2022 yillarda aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida 11,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur ajratilayotgan mablag‘lardan zamonaviy uy joylarning taʼmirlanishi uchun boshlang‘ich to‘lovsiz kredit rasmiylashtirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa uning tartibi qanday?

Ziraat Bankdan 36 oy muddatga 150 mln.so‘m miqdorida boshlang‘ich badalsiz "Shinam uy" ipoteka kreditini rasmiylashtirishingiz mumkin.

Ipoteka krediti uchun talab etiladigan ta‘minot turi:

-        Ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk garovi, jismoniy/ yuridik shaxslarning kafilligi;

Mazkur kredit jismoniy shaxslar (isteʼmolchilar)ga turar va noturar joy binolarini taʼmirlash ishlari va xizmatlari uchun ajratiladi. Kreditning bankning barcha bo‘limlari orqali rasmiylashtirish mumkin. Kredit foizi - 26.25 %.

22:24 • 08 September, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish