Bunday operatsiyalarning asosiy foydasi nimada va ular bozorni qanday o‘zgartiradi?
Izvestiya gazetasi xabariga ko‘ra, Rossiya banklari MDH mamlakatlariga pul o‘tkazmalarini yana-da osonlashtirmoqda. Aynan oktyabr oyida Tinkoffbank tomonidan chet davlatlarga telefon raqami orqali pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan, - deyiladi xabarda. Unistream, MKB va DOM.RF vakillarining aytishicha, 2022-yilda bu xizmatni ishga tushirishga ular ham tayyor. Hozirda bu imkoniyat faqat Sberbank mijozlari uchun mavjud. Markaziy bank o‘zlarining shunga o‘xshash tezkor to‘lov tizimlar xizmatlarini ishlab chiqayotganini eslatdi.
Xususan, “Izvestiya” ga Tinkoffbank mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati xabar berganidek, bunday pul o‘tkazmalari faqat rublda amalga oshirilishi mumkin. Bitta operatsiya uchun limit 150 ming rubldan, oyiga esa 1,5 milliondan oshmaydi.
Bugungi kunda Tinkoffbank mijozlari Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi alohida banklarga pul o‘tkazish imkoniyatiga ega, xususan yil oxirigacha ushbu mamlakatlardan Rossiyaga qaytarib o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mahalliy kredit tashkilotlari o‘rtasida telefon raqami orqali chet elga pul o‘tkazish funktsiyasi ilgari faqat Sberbank mijozlari uchun mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekistonga ham pul o‘tkazmalari amalga oshirish imkoniyati yaratilgan, - deyiladi xabarda.
Bugungi kunda bank mobil ilovasining barcha foydalanuvchilari uchun pul o‘tkazmasining narxi o‘tkazma summasining 1 foizini, kamida 30 rublni va maksimal 1 mingni tashkil qiladi.