Bugungi kunda plastik karta hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi, - desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunda plastik karta hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi, - desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, qayerga bormang bank plastik karta orqali to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Undan tashqari, bank plastik kartangizda mablag‘ingiz bo‘lsa, uydan chiqmagan holda barcha kommunal to‘lovlar, internet va boshqa zaruriy to‘lovlaringizni ham mobil ilovalar yordamida amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.
Biroq, siz hamma cho‘ntagingizdan, hamyoningizdan bank kartangizni qidirdingizu, lekin u qayerdadir g‘oyib bo‘lganmi? Kartangiz yo‘qolgani aniqlandi, endi siz moliyaviy yo‘qotishlarsiz kartani qaytarish uchun qanday harakatlarni qilishingiz kerakligini aytib o‘tamiz.
Birinchi navbatda, kartaning haqiqatda yo‘qolganligiga ishonch hosil qiling. Ehtimol, siz uni ish joyingizda yoki bironta do‘kon kassasida qoldirgansiz.
Siz ishonch hosil qildingizki, haqiqatda karta yo‘qolgan yoki kimdir uni o‘g‘irlagan.
Bunday holda siz zudlik bilan kartani blokirovka qilishingiz kerak. Аgar PIN-kodni oshkor qilsangiz, uchinchi shaxslar hisobingizdagi mablag bilan noqonuniy xatti-harakatlar qilish xavfi mavjud. Siz bank kartasini turli yo‘llar bilan bloklashingiz mumkin:
Buni kartangizni taqdim etgan bank mobil ilovasi orqali, yaʼni bu eng tezkor usul hisoblanadi, agar sizda Internetga kirish imkoni bo‘lsa, telefoningizga o‘rnatilgan mobil ilova yordamida kartangizni blokirovka qilish imkoniyati mavjud yoki kartada ko'rsatilgan bankka qo'ng'iroq qilish orqali amalga oshirish mumkin.
Ikkinchisi - kartaning yo'qolganligi to'g'risida va unga xizmat ko'rsatadigan bankda uni qayta rasmiylashtirish so'rovi bilan ariza yozing. Ammo buning uchun sizga shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz kerak bo‘ladi. Kartani blokirovka qilgandan so'ng, siz yangisini chiqarish to'g'risidagi so'rovni qoldirishingiz mumkin.
Doimo bir nechta asosiy qoidalarga amal qiling:
Hisob operatsiyalarini kuzatib boring;
barcha faol kartalaringiz uchun SMS-xabar berish xizmatini yoqing.
SMS -xabarlar o‘rniga bankning mobil ilovasidan push-xabarnomani tanlashingiz mumkin. Ular har doim bepul va telefon xotirasini to‘ldirmaydi. Ammo bu holda, siz doimo mobil Internetga ulanganligingizni ta‘minlash muhim. Aks holda, push-xabarnomasi jiddiy kechikish bilan qabul qilinishi mumkin va pulni o‘g‘irlanishi haqida bank o‘z vaqtida xabar berishga ulgurmaydi.
PIN-kodingiz, CVC- / CVV-kodingizni (kartaning orqa qismidagi maxfiy kod), kartaning amal qilish muddati va boshqa ma‘lumotlarni hech kimga aytmang.
Misol uchun, agar sizga "bankning texnik yordam xizmatidan" yoki "bank menejeridan" qo'ng'iroq tushsa, kartangiz bloklangani aytiladi, siz ularga karta ma'lumotlarini aytmasligingiz kerak. Haqiqiy bank xodimi hech qachon sizdan PIN yoki CVC / CVV kod kabi maxfiy ma'lumotlarni so'ramaydi.
Shuni ham qayd etish joizki, bank plastik karta orqali boshqa mamlakatlarda to‘lov amalga oshirilgani aniqlangan holatlardagina va ayniqsa mijoz ilgari chet mamlakatlarga chiqmagan bo‘lsa, to‘lovga shubha qilishi mumkin. Bunday holatlarda albatta, bank zudlik bilan operatsiyalarni to‘xtatishi va kartani vaqtincha blokirovka qilishi tabiiy.
Agar operatsiya shubhali shaxslar orasida bo‘lsa, bank mijoz bilan bog‘lanishga majburdir, u haqiqatan ham bu to‘lovni o‘tkazishga rozilik berganmi yoki yo‘qmi aniqlashtirishga haqli. Biroq, mijozning o‘zi bu operatsiyani tasdiqlasa, to‘lov ham, karta ham darhol blokdan chiqariladi. Xo‘sh, agar karta egasi bu to‘lovni amalga oshirmaganligi haqida xabar bersa, bank operatsiyani bekor qiladi va kartani qayta chiqarishni taklif qiladi.