Top.Mail.Ru

Payme va Click kabi to’lov tizimlari ba’zi to’lov turlarini to’xtatib qo’ydi

1 noyabr kuni eng ommabop to’lov tizimlari – Payme, Click va Apelsin joyda to’lov (ruschada «оплата наместах») xizmatlarini vaqtincha to’xtatib qo’yganliklari haqida xabar berdilar.

Payme va Click kabi to’lov tizimlari ba’zi to’lov turlarini to’xtatib qo’ydi

Ya’ni QR kod, shtrix-kod, Telegram-kanallar orqali to’lovlar qilish va marketpleyslar ilovalari bilan integrasiya to’xtatilganligi ma’lum bo’ldi. 

Buning asosiy sababi 1 noyabrdan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari, toʻlov tashkilotlari va fiskal maʼlumotlar operatori oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik sxemasi kuchga kirishidir. Ya’ni, ushbu tartibga rioya qilmaslik soliq organlari tomonidan sanktsiyalar qo'llanilishiga olib keladi. 

Shu munosabat bilan to’lov tizimlari yuqorida aytilgan to’lovlarni amalga oshirish vaqtinchalik to’xtatib qo’ygan.

Soliq xizmati xabariga ko’ra, tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratilgan. Shuningdek, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, mavjud 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 25 tasi fiskal ma'lumotlar operatoriga integratsiyani to‘liq yakunlagan. 

Shu sababli integratsiyani tugallamagan to’lov tizimlari barcha to’lovlarni fiskallashtirish maqsadida texnik ishlar olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Albatta, ushbu vaziyat nafaqat aholi uchun noqulayliklarni, balki Korzinka.uz va Express24 kabi yirik savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalari uchun ham katta zararga olib keladi.

Bunday noqulay vaziyat tez orada bartaraf etilishiga umid qilamiz.   

16:00 • 01 November, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish