Top.Mail.Ru

O’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun kreditlar

Maʼlumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda o’zini o’zi band qilgan shaxslar toifasi joriy etilgan.

O’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun kreditlar

O’zini o’zi band qilgan shaxslar deganda kimlar tushuniladi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad topadigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, hamshiralar, oshpazlar, tozaluvchilar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kur'erlar, avtomobil' yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin. Hozirgi vaqtda 68 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. Xohishga ko‘ra, bir vaqtning o’zida ularning bir nechtasini tanlash mumkin. Bu haqda “O'zbekistonda o’zini o’zi band qilgan shaxs maqomiga qanday ega bo’lish mumkin?” degan maqolamizda batafsil ma’lumot bergan edik. 

O’zini o’zi band qilgan shaxslar qanday qilib daromad oladilar?

Qonunga ko'ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatga olinganlar daromadsiz shaxslar hisoblanmaydi. Bundan tashqari, O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslar daromad solig‘iga (JShDS) tortilmaydi: qancha topsa ham o‘zida qoladi. Bir yilda bir marta BHMning 1 baravari — 300 ming so‘m miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya. To‘lovni har qanday to‘lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin. 

Demak, yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad olsa, belgilangan tartibda kredit olish uchun banklarga murojaat qilish huquqiga ega.

Bugungi kunga kelib, ikkita bank o’zini o’zi band qilganlar toifasi uchun maxsus kreditlar taklif qilmoqda. Bular Tenge Bank va Asia Alliance Bank. Ushbu ikkita bank o’zini o’zi band qilganlar uchun maxsus avtokredit mahsulotini joriy etdi.

Tenge Bank o’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun quyidagi shartlarda avtokredit taklif etmoqda:

1. Birlamchi bozor uchun:

  • Maksimal miqdori – 250 million so‘m
  • Boshlang’ich to'lov – kamida 50%
  • Kredit muddati – 4 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 26,9%.

Bonus sifatida avtomobil sug'urtasi bepul taqdim etiladi.

2. Ikkilamchi bozor uchun:

  • Maksimal miqdori – 250 million so‘m
  • Boshlang’ich to'lov – kamida 50%
  • Kredit muddati – 3 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 26,9%.

Asia Alliance Bank avtokreditni quyidagi shartlarda taqdim etmoqda:

1. KIA avtomobillarini sotib olish uchun:

Boshlang’ich to‘lov kamida 50% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 8,5%
  • 24 oygacha – yillik 19,5%
  • 36 oygacha – yillik 22,8%.

Boshlang’ich to‘lov kamida 70% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 0,5%
  • 24 oygacha – yillik 14%
  • 36 oygacha – yillik 19%.

2. Lada va Renault avtomobillarini sotib olish uchun:

Boshlang’ich to‘lov kamida 50% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 9%
  • 24 oygacha – yillik 20%
  • 36 oygacha – yillik 24%.

Boshlang’ich to‘lov kamida 70% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 2%
  • 24 oygacha – yillik 14%
  • 36 oygacha – yillik 19%.

Bu va boshqa avtokreditlar shartlari haqida batafsil ma'lumotni Avtokreditlar sahifasida olishingiz mumkin.

Shuningdek, avvalroq yozganimizdek, Markaziy bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hamda, norasmiy sektorda band bo‘lgan fuqarolarning daromadlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqmoqda. Demak, tez orada butun aholi uchun kredit olish imkoniyati yanada ortadi va nafaqat rasmiy daromadga ega, balki norasmiy daromad olganlar ham kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

17:22 • 27 July, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish