Zamonaviy iqtisodiyotda kreditlash asosiy moliyaviy instrumentlardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy iqtisodiyotda kreditlash asosiy moliyaviy instrumentlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda oddiy iste'molchilar orasida qaysi turdagi kreditlar eng mashhur ekanligini va ularning xususiyatlari qanday ekanligini haqida ma’lumot beramiz.
Kredit — qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga ma'lum shartlar – kreditni qaytarish muddatini va kredit bo'yicha foizlar belgilash asosida beriladigan qarzdir.
Qarz oluvchiga kim tomonidan – yuridik shaxs, moliya tashkiloti yoki davlat tomonidan kredit berilishiga qarab, kredit tijorat, bank yoki davlat krediti bo’lishi mumkin. Oddiy iste'molchiga asosan bank kreditlari ma’lum.
Bank krediti — bu moliyaviy tashkilotning jismoniy yoki yuridik shaxsga to'lovlilik, muddatlilik, to'lovlik, maqsadlilik va ta'minlanganlik tamoyillari asosida vaqtincha foydalanish uchun pul mablag'larini berish jarayonidir.
Banklarning jismoniy shaxslarga kredit berishning eng keng tarqalgan turlarini ko'rib chiqamiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda banklar jismoniy shaxslarga quyidagi kredit turlarini taqdim etadilar:
1. Iste'mol krediti — bu bank tomonidan qarz oluvchiga iste'mol tovarlari yoki xizmatlarni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlar uchun beriladigan qarzdir. Agar keng ma'noda iste'mol krediti haqida gapiradigan bo'lsak, unda bu toifaga ipoteka, avtokreditlar, shuningdek, naqd pul ko’rinishidagi kreditlar va muddatli to’lov asosida ishlaydigan savdo tashkilotlari kreditlari kiradi. Ammo bank amaliyotida avtokreditlar, ipoteka va naqd pul kreditlari alohida shartlarga ega bo'lganligi sababli kreditlarning alohida turlari bo’lib hisoblanadi.
2. Avtokredit, mohiyatan, garovga asosida beriladigan maqsadli iste’mol kreditidir. Maqsadli - chunki u ma'lum bir maqsad uchun ya’ni avtomobil sotib olish beriladi. Ta'minlangan - chunki sotib olingan avtomobil garovga qo’yiladi. Agar qarz oluvchi kreditni to'lashni to'xtatsa, bank qarzni to'lash uchun mashinani qarzni yopishga yo’naltiradi.
3. Ipoteka krediti har doim ko'chmas mulk sotib olish uchun va ko'chmas mulk bilan ta'minlangan holda beriladi, shuning uchun uni iste'mol kreditiga qaraganda ancha uzoqroq muddatga va pastroq foiz stavkasida olish mumkin. Ipoteka, shuningdek, qurilish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ham beriladigan kredit hisoblanadi.
4. Mikroqarzlar — bu bir necha daqiqada istalgan maqsadda berilishi mumkin bo‘lgan soddalashtirilgan kredit shakli bo‘lib, ularni hatto uydan chiqmagan holda ham olish mumkin. Mikroqarz shu yerda va hozir pul kerak bo'lganda, qisqa vaqt ichida kichik miqdorda pul olish imkonini beradi. Mikroqarz 50 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 3 yilgacha muddatga olinishi mumkin.
So‘nggi bir necha yil davomida mikroqarzlar aholi orasida eng ommabop moliyaviy mahsulotlardan biriga aylandi. Buning asosiy sababi ularni olish osonligi va maqsadi yo'qligidir. Odamlar turli vaziyatlarda mikroqarz olish uchun murojaat qiladi, ba'zilari ularni favqulodda ehtiyojlar uchun, masalan, shifokorga borish yoki mashinasini ta'mirlash uchun, boshqalari esa kvartirani ta'mirlash yoki yangi telefon sotib olish uchun oladi. Aksariyat mijozlar kreditni faqat kerak bo‘lganda olishga va o‘z vaqtida qaytarishga harakat qilsa-da, ularning mohiyatini tushunmaydiganlar ham bor.
5. Overdraft debet kartalari uchun qisqa muddatli kreditlashning eng oddiy shaklidir. Bunda Bank mijozga uning hisobvarag‘idan/kartasidan tovar va xizmatlar uchun balansdan ortiq miqdorda to‘lash huquqini beradi. Natijada overdraft summasini tashkil etuvchi overdraft shakllanadi.
6. Ta'lim krediti — bu ta'lim muassasasida ta'lim olish uchun qarz oluvchiga beriladigan maqsadli kredit.
Bundan tashqari, kredit kartalari kreditlashning alohida toifasi hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ular mamlakatimizda keng tarqalmagan.
O‘zbekistondagi tijorat banklari o‘z kredit siyosatidan kelib chiqqan holda kreditlarning ayrim turlarini, shuningdek, chakana kreditlar berishning turli shartlarini taklif etadilar. Umuman olganda, kreditlar uchun shartlar, maksimal miqdorlar, foiz stavkalar va ta’minot turlari bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Biroq, kredit xizmatidan foydalanishdan oldin, siz pul mablag'larini olish va qaytarish shartlarini, shuningdek, mablag'lardan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblash mexanizmini diqqat bilan o'rganishingiz kerak. Shuningdek, hozirgi vaziyatingizda qaysi bank mahsuloti sizga mos kelishini diqqat bilan o’rganishingiz maqsadga muvofiqdir. Chuqur o'ylab qabukl qilingan qarorlar bankka mablag'larni qaytarish bilan bog'liq noxush vaziyatlardan xalos bo’lishga yordam beradi.
O‘zbekiston banklarida mavjud bo'lgan barcha kreditlar shartlari bilan Kreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.