2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, 35 ta bankdan 8 tasi overdraft kreditini taklif qilmoqda.
Oldingi maqolalarimizda yozganimizdek, overdraft bu kreditlashning bir turi bo'lib, unda bank plastik karta egasiga hisobdagi qoldiqdan ko'ra ko'proq mablag'dan foydalanish imkonini beradi. Biroq, overdraft faqatgina bankning ish haqi loyihasi doirasidagi mijozlari uchun mavjud.
2023-yil dekabr oyi holatiga quyidagi banklardan overdraft kreditini olish mumkin:
Bank | Foiz stavkasi | Overdraft muddati | Imtiyozli davr | Maksimal summa | |
1 | Ziraat bank | 22% | 12 oy | 6 oy | Oylik ish haqining 3 barobari miqdorida |
2 | Asia alliance bank | 22% | 12 oy | 3 oy | Oylik ish haqining 3 barobari miqdorida |
3 | Orient Finans bank | 24% | 24 oy | - | Oylik ish haqining 3 barobari miqdorida, lekin 20 mln. so’mdan ko’p emas |
4 | O’zmilliybank | 22% | 12 oy | 2 oy | Oylik ish haqining 3 barobari miqdorida, lekin 50 mln. so’mdan ko’p emas |
24% | 24 oy | ||||
5 | MKbank | 24% | 12 oy | - | Oylik ish haqining 3 barobari miqdorida, lekin 34 mln. so’mdan ko’p emas |
6 | Trastbank | 24% | 12 oy | - | Oylik ish haqining 3 barobari miqdorida |
7 | O’zsanoatqurilishbank | 26.9% | 12 oy | 6 oy | 50 mln. so’m |
8 | Saderat bank | 25% dan | 12 oy | - | 68 mln. so’m |
Overdraftlarning batafsil shartlari bilan Overdraft sahifasida tanishish mumkin.