Top.Mail.Ru

Overdraftni kim olishi mumkin - shartlar va talablar

Overdraftni hamma ham olishi mumkin emas, chunki uni olish uchun ma'lum talablar mavjud.

Overdraftni kim olishi mumkin - shartlar va talablar

Birinchidan, bu xizmat faqat debet karta egalari uchun mavjud. Hisobingizda yetarli mablag' bo'lmasa, biroq ko'proq mablag’ sarflash zarur bo’lsa, overdraftdan foydalanishingiz mumkin. Bunda balans minusga tushadi va hisobvaraqqa tushgan pul birinchi navbatda ushbu qarzni to'lash uchun ishlatiladi.

Ikkinchidan, overdraft qisqa muddatli kreditning maxsus turi bo'lib, u bank tomonidan faqat o'z xodimlari va bank mijozlari bo'lgan yuridik shaxslarning xodimlari uchun "ish haqi" loyihasi doirasida taqdim etiladi. Shuning uchun siz ushbu xizmatga faqat ish haqi kartangizni bergan moliya muassasasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Boshqa bankdagi overdraft shartlari siz uchun qulayroq bo'lsa ham, unga murojaat qilish mumkin emas.

Overdraft berish uchun moliya instituti birinchi navbatda mijozning oylik daromadini hisoblab chiqadi va keyin ruxsat etilgan overdraft limitini belgilaydi. Ba'zi banklar bir oylik o'rtacha ish haqidan oshmaydigan miqdorda minusga kirishga ruxsat beradi. Boshqalar esa uni oylik daromadning uch barobarigacha oshiradi - bu bank shartlariga bog'liq. Ammo bank kartaga pul muntazam ravishda tushmasa, ortiqcha xarajat qilishga ruxsat berishi dargumon.

Overdraftdan qanday foydalanish kerak?

Bankda overdraft faollashtirilgandan so'ng ko'rsatilgan balans o'zgaradi. Unda kredit miqdori va sizning mablag'ingiz ko'rsatiladi. Bu chalkashtirishi mumkin, shuning uchun biz kredit miqdoriga e'tibor berishni va uni ekrandagi summadan olib tashlashni tavsiya qilamiz.

Overdraft krediti summalaridan istalgan maqsadda foydalanish mumkin - onlayn va oflayn xaridlar, naqd pul olish, pul o'tkazmalari va boshqalar.

Overdraft foizlari faqat kreditning foydalanilgan qismi uchun hisoblanadi. Shuningdek, sarflangan overdraft summasini to'laganingizdan so’ng, uni imtiyozli davrda qayta ishlatishingiz ham mumkin.

Overdraft, boshqa kreditlar kabi, ta’minotni talab qiladi. Ko'p hollarda ta’minot sifatida uchinchi shaxslarning kafilligi qabul qilinadi, aniqrog'i, ish beruvchining o'zi kafil bo'lishi mumkin.

Overdraftni faollashtirish uchun siz kamida 3 oy ishlashingiz kerak. Ammo ba'zi banklar kamida 6 oyni talab qiladi. Uni olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak. Sizning daromadingizni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz shart emas, bank ularni mustaqil ravishda tekshiradi.

O'zbekiston banklarida mavjud barcha overdraft kreditlari shartlari bilan Overdraft sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:26 • 20 December, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish