Top.Mail.Ru

Overdraft: xulosa va tavsiyalar

Bugungi maqolamizda overdraft krediti bo'yicha xulosa va tavsiyalarni berib o'tamiz.

Overdraft: xulosa va tavsiyalar

Overdraft debet kartalari uchun qisqa muddatli kreditlashning eng oddiy shaklidir. Bunda Bank mijozga uning hisobvarag‘idan/kartasidan tovar va xizmatlar uchun balansdan ortiq miqdorda to‘lash huquqini beradi. Natijada overdraft summasini tashkil etuvchi overdraft shakllanadi.

O‘zbekiston banklari overdraftni faqat o'z xodimlariga va ish haqi loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar xodimlariga taqdim etadi. Overdraftning aniq maqsadi yo'q, lekin uning maksimal miqdoriga cheklov mavjud. Ko'p hollarda, overdraftning maksimal miqdori ish haqining uch baravari miqdorida belgilanadi.

Overdraft afzalliklari:

  • Qo'shimcha kredit karta chiqarish va unga xizmat ko'rsatish uchun komissiya to'lashning hojati yo'q. Siz ish haqi kartasidan foydalanishingiz mumkin.
  • Overdraft bir marta faollashtiriladi va undan yil davomida yoki imtiyozli davr oxirigacha bir necha marta foydalanish mumkin. Muddati bank shartlariga bog'liq. Masalan, iste'mol krediti holatida, pul kerak bo'lganda har safar bankka murojaat qilish kerak bo'ladi.
  • Bank oldidagi qarzingizni o‘z vaqtida to‘lash haqida tashvishlanishga hojat yo‘q. Hisobga ish haqi yoki boshqa to‘lovlar kelib tushgan zahoti overdraft avtomatik tarzda yechib olinadi.
  • Overdraft foizlari faqat mablag'ning sarflangan qismiga hisoblanadi, katta miqdorda foizlarni to'lash shart emas.

 

Overdraft krediti summalaridan istalgan maqsadda foydalanish mumkin - onlayn va oflayn xaridlar, naqd pul olish, pul o'tkazmalari va boshqalar.

Overdraft foizlari faqat kreditning foydalanilgan qismi uchun hisoblanadi. Shuningdek, sarflangan overdraft summasini to'laganingizdan so’ng, uni imtiyozli davrda qayta ishlatishingiz ham mumkin.

Overdraft, boshqa kreditlar kabi, ta’minotni talab qiladi. Ko'p hollarda ta’minot sifatida uchinchi shaxslarning kafilligi qabul qilinadi, aniqrog'i, ish beruvchining o'zi kafil bo'lishi mumkin.

2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, 35 ta bankdan 8 tasi overdraft kreditini taklif qilmoqda.

Agar biz overdraft va onlayn mikroqarzni taqqoslasak, bu ikki turdagi kreditlash bir-biriga juda o'xshashligi ma’lum bo’ladi. Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, overdraft ham, mikrokredit ham qisqa vaqt ichida va istalgan maqsadda mablag'larni tez va oson olish imkonini beradi. Umuman olganda, overdraft ham, onlayn mikroqarz ham o'ziga xos xususiyatlarga ega, ular bir mijoz uchun foydali, ammo boshqasi uchun noqulay bo'lishi mumkin. Har kim o'z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'zi uchun qulay bo'lgan variantni tanlash huquqiga ega.

Overdraftlarning batafsil shartlari bilan Overdraft sahifasida tanishish mumkin.

21:35 • 27 December, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish