O’tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirishni istaysizmi?
Bugungi kunda yaqinlarimizga pulni o’tkazma orqali yuborish yoki xarid uchun kartadan o’tkazma orqali to’lash odatiy holga aylanib bo’ldi. Ammo har safar o’tkazma uchun komissiya to’langanini ko’rganda: “Qani edi o’tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirishni iloji bo’lsa” - deb o’ylaganmisiz? Ayniqsa o’tkazma summasi kattaroq bo’lib, komissiyaga ko’p pul ketayotganini ko’rganingizda. Buning yechimi bor! Faqat bu yechim ba’zi cheklovlar va shartlarga ega. Biroq rostdan ham o’tkazmani komissiyasiz amalga oshirish mumkin.
Yechim o’tkazmalarni Humo kartalari o’rtasida o’tkazishda. Bugungi kunda ko’plab to’lov ilovalarida Humo kartalari o’rtasidagi o’tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish mumkin. Yagona shart - jo’natuvchi va qabul qiluvchi kartalar Humo to’lov tizimida bo’lishi kerak.
Quyuida o’tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish mumkin bo’lgan ilovalarni ro’yxatini keltiramiz:
Ushbu ilovalardan ba’zi birlarida oy davomida komissiyasiz amalga oshirish mumkin bo’lgan o’tkazmalar summasiga limit qo’yilgan. Limit miqdori ilovada odatda banklar bo’yicha keltirilgan bo’ladi. Bu - ushbu bankning Humo kartasiga o’tkazmalarni limit miqdorida komissiyasiz amalga oshirish mumkin bo’ladi degani. Limitning eng kam miqdori 10 million so’mni tashkil qiladi va bunday banklar kam. Ko’pchilik banklarda limit miqdori 50 million so’mni tashkil qiladi. Odatda bu bir foydalanuvchi uchun yetarli oylik o’tkazma summasi miqdoridir. Va agar limit tugab qolsa, boshqa ilovada o’tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
Bu yechimning kamchiligi jo’natuvchi va qabul qiluvchi kartalardan biri Uzcard tizimida bo’lsa ishlamasligida. Ammo buning ham qisman yechimi bor. Ko’pchilik banklar o’zi chiqargan kartalar (Uzcard yoki Humo bo’lishidan qat’iy nazar) o’rtasida, o’sha bankning ilovasi orqali o’tkazmalarni komissiyasiz amalga oshiradi.
Masalan, O’zsanoatqurilishbank (Joyda ilovasi orqali), Ipak Yo’li Banki (Ipak Yo’li Mobile ilovasi orqali), Asakabank (Asaka Mobile ilovasi orqali), Orient Finans Bank (OFB ilovasi orqali), Asia Alliance Bank (MyAlliance ilovasi orqali) banklari. Boshqa banklarning ko’pida ham shunday imkoniyat bor. Bu, shu kabi banklarning Uzcard va Humo tizimidagi kartasiga ega bo’lsangiz, hatto pul mablag’lari Uzcard kartangizda bo’lsa ham, birovning Humo kartasiga komissiyasiz o’tkazishingiz mumkin bo’ladi degani. Faqat avval pulingizni Uzcard kartangizni chiqargan bank ilovasida shu bank chiqargan Humo kartangizga o’tkazib, so’ng yuqoridagi ro’yxatdagi ilovalardan biri orqali Humo kartasiga komissiyasiz o’tkazishingiz kerak bo’ladi.
To’g’ri, bu biroz “g’alatiroq” yechim. Biroq katta summadagi o’tkazmada komissiya ham katta summani tashkil qiladi. Va ushbu usul bilan aniq komissiya tufayli pul yo’qotmay o’tkazmalarni amalga oshirisingiz mumkin.
Agar Uzcard yoki Humo kartasini ochtirmoqchi bo’lsangiz, barcha kartalar shartlari bilan Depozit.uz saytining Debet kartalar sahifasida tanishishingiz mumkin.
Ilovalardagi o’tkazmalar komissiyalari bo’yicha ma’lumotni esa, Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida topishingiz mumkin.