Talaba Markaziy bankda amaliyot o‘tash uchun nima qilishi kerak?
Iqtisodiyot yoki Moliya sohasi yo‘nalishlari talabalari uchun Respublika Markaziy bankining tarkibiga kiruvchi 33 ta departamentidan birida 3 oylik amaliyot o‘tash va bank sohasida noyob tajribaga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi.
Talaba Markaziy bankda amaliyot o‘tash uchun nima qilishi kerak?
Albatta, buning uchun Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys-chempionatida ishtirok etib, keyslar mazmunini o‘rganishi, uning yechimlarini taqdim etgan holda ball to‘plashi lozim. Keys-chempionat g‘olibi 16 ta keys bo‘yicha umumiy hisobga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan jamoa hisoblanadi! G‘olib jamoa oktyabr oyida "Butunjahon jamg‘arish kuni" doirasida aniqlanadi.
Xususan, keys-chempionatda qatnashish istagida bo‘lgan jamoalar ro‘yxatdan o‘tmay, birinchi turdan boshlab ishtirok etishga ulgurmagan va ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar:
Ushbu havola orqali jamoangizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz talab etiladi, onlayn ariza jamoa lideri nomidan yuboriladi.
Shuningdek, keys-chempionat bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun Markaziy bankning quyidagi aloqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin: +998 71 212-73-58