Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish Yagona elektron platformasi test rejimida ishga tushirildi
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish Yagona elektron platformasi test rejimida ishga tushirildi.
Saytda "Har bir oila tadbirkor" va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa dasturlar asosida ariza qoldirishdan tashqari, dasturlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar keltirilgan.
Shuningdek, platformadan siz oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha tegishli savollarga javoblarni hamda qiziqarli maslahatlarni ham topishingiz mumkin.
Sayt manzili: https://oilakredit.uz/oz/