Top.Mail.Ru

Mikroqarz olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

Vaqt eng muhim manba hisoblangan zamonaviy dunyoda aholi orasida tijorat banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlarga talab ortib bormoqda.

Mikroqarz olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

Vaqt eng muhim manba hisoblangan zamonaviy dunyoda aholi orasida tijorat banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlarga talab ortib bormoqda. Mikroqarz ajratayotgan tijorat banki yoki mikrokredit tashkilotining oʻz afzalliklari mavjud. Biroq, savol tugʻiladi, qayerdan va qanday qilib ishonchli, tez va oson mikroqarz rasmiylashtirish mumkin?

Sizda kredit tarixingizda muammo boʻlmasa, rasmiylashtirgan kreditlar boʻyicha toʻlovni oʻz muddatida amalga oshirgan boʻlsangiz, tijorat bankiga yoki mikrokredit tashkilotiga murojaatingiz besamar ketmaydi. Albatta, sizning arizangiz qanoatlantiriladi.

Dastlab siz tijorat bankiga yoki mikrokredit tashkilotiga ariza berishdan avval, ularning kredit ajratish tamoyillarini aniqlashingiz lozim. Mikrokredit tashkilotlari koʻp holatlarda faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat va INN bilan kredit ajratadi, banklarda esa aksincha koʻproq hujjat talab etiladi. Toʻlov qobiliyatiga (kredit tarixiga) asoslanib, kreditor maʼlum miqdordagi mablagʻni naqd yoki naqdsiz shaklda kredit sifatida ajratadi. 

Biroq, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan mikrokreditning bir afzalligi shundaki, ular oʻz mijozlari uchun onlayn mikrokreditni mobil ilovalar orqali bank plastik kartasiga tushirish yoʻli bilan ham ajratmoqda. Bunda, jismoniy shaxs biron-bir tijorat banki ish haqi plastik kartasiga ega boʻlishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, doimiy ish joyining mavjudligi ham kredit tasdiqlash uchun yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi. Muqim ish joyiga ega jismoniy shaxsning mikroqarz olish imkoniyati yuqori, chunki tijorat banki ham, mikrokredit tashkiloti ham tijorat tashkiloti hisoblanadi va ular ham oʻz mijozlarining omonatdagi pul mablagʻlarini kredit sifatida mijozlarga ajratadi. 

Har bir moliya tashkilotining kredit ajratishda oʻz individual shartlari mavjud.Sizning ehtiyojingiz uchun tez va oson mikrokredit rasmiylashtirish uchun depozit.uz saytining “Mikroqarzlar” boʻlimida taqdim etilayotgan shartlar va qoʻyilgan talablarni solishtirib, eng maqbulini rasmiylashtirishingiz mumkin.

12:17 • 05 August, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish