29 Sep 2021 |  300

Mikrokreditlash: bu qanday ishlaydi va mikrokredit tashkilotlaridan kredit olish haqida nimalarni bilishingiz kerak

Ish haqingiz chiqishiga hali bir hafta vaqt bor, naqd pul esa bugun zarur. Albatta, qarz so‘rash uyatli, do‘stlaringiz ham bunday vaqtda yordam bera olmaydi. Bunday holda nima qilish mumkin? Albatta, mikrokredit tashkilotlari va tijorat banklari takliflarini ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.

Mikrokreditlash: bu qanday ishlaydi va mikrokredit tashkilotlaridan  kredit olish haqida nimalarni bilishingiz kerak

Ish haqingiz chiqishiga hali bir hafta vaqt bor, naqd pul esa bugun zarur. Albatta, qarz so‘rash uyatli, do‘stlaringiz ham bunday vaqtda yordam bera olmaydi. Bunday holda nima qilish mumkin? Albatta, mikrokredit tashkilotlari va tijorat banklari takliflarini ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.

Mikroqarz rasmiylashtirish o‘zi to‘g‘rimi? Mikroqarz haqida nimalarni bilish kerak?

Birinchidan, haqiqatda qarz rasmiylashtirishga ehtiyojingiz bor yoki yo‘qligini o‘zingiz uchun aniqlashtiring. Balki, vaziyatingiz ish haqingiz beriladigan kungacha kutishi mumkin.

Ikkinchidan, o‘zingizning qobiliyatingizni baholang: qarzga olingan pulni foizi bilan qaytarish kerak. Kelgusi byudjetga jiddiy zarar etkazmasdan, kreditni o‘z vaqtida to‘lay olasizmi?

Agar haqiqatda mikroqarz rasmiylashtirishga zarurat sezayotgan bo‘lsangiz bu moliyaviy muammoingizni hal qilishning keng tarqalgan va oson yo‘li mavjud. Faqatgina bir nechta qoidalarga amal qilish muhim hisoblanadi.

Buning uchun avvalo Siz foizlari hamyoningizga to‘g‘ri keladigan tijorat bankini yoki foizlari yuqori bo‘lsa-da, ishingizni tez bitirish imkoniyatini beruvchi mikrokredit tashkilotlarini tanlashingiz muhim.

Agar Siz aʼlo kredit tarixiga ega bo‘lsangiz va barcha tegishli hujjatlarni osongina taqdim eta olsangiz albatta, bank eng samarali va maqbul usul hisoblanadi. Tijorat banki sizga uzoq muddatga va past foizda mikroqarz rasmiylashtiradi. Albatta bu, mikrokredit tashkiloti tomonidan ajratiladigan mikroqarz foizidan ancha past bo‘ladi. 

Biroq, kredit tarixingiz yomon bo‘lsa va bank tomonidan kredit tasdiqlanishiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, u holda mikrokredit tashkilotiga murojaat qilishingiz mumkin.

Siz bank yoki mikrokredit tashkilotini tanladingiz. Shunday qilib:

  • Foiz stavkalarini baholang, shartnomaning individual va umumiy shartlarini o‘qing (ular jadval shaklida bo‘lishi kerak) 
  • Shartnomaning individual shartlarini diqqat bilan o‘rganing: ular qo‘shimcha xizmatlar shartlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Ular qaytarish kerak bo‘lgan miqdorga ta‘sir qiladi.
  • Kreditning to‘liq qiymatini tekshiring. Yillik foiz va so‘mdagi maksimal ortiqcha to‘lov shartnoma shaxsiy shartlarining birinchi sahifasining o‘ng yuqori burchagidagi katakchada ko‘rsatilishi kerak.

Muddatlarini alohida o‘rganing! Shuni unutmangki, mikroqarz faqatgina qisqa muddatga rasmiylashtirilganda samarali natija beradi. Siz qarzni qanchalik tez to‘lasangiz, kamroq foiz to‘lashga erishasiz.

Eng muhim jihati, qarzdorlik uchun to‘lov amalga oshirilgan hujjatlarni (chek yoki kassa kirim orderi) saqlashni unutmang. Shuni yodda tutingki, pul mablag‘lar bank hisobvarag‘iga yoki mikrokredit tashkiloti kassalariga o‘tkazilganda kredit qarzdorlik to‘langan hisoblanadi. Albatta, qarz beruvchidan qarzni to‘laganingiz haqidagi maʼlumotnomani talab qiling.

Mikrokredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

  • Kredit miqdorini oshirib yubormang.
  • Kafillar haqida faqat haqiqiy ma‘lumotni xatosiz taqdim eting. 
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta ariza topshirmang. 
  • Tijorat banki yoki mikrokredit tashkiloti xodimining telefon qo‘ng‘irog‘ini e‘tiborsiz qoldirmang. 
  • Mavjud kreditlar haqidagi ma‘lumotlarni yashirmang .

Mikroqarz, uning foizlari va shartlari hamda qaysi tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari mikroqarz ajratayotgani haqida batafsil maʼlumot bilan depozit.uz saytining “Mikroqarzlar” sahifasida tanishing.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish