Top.Mail.Ru
27-May, 14:47 |  1,224

Kreditga layoqatliligingizni Depozit.uz sayti orqali bilib oling!

Foydalanuvchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida saytimizda yangi xizmat turi – Kreditlarni dastlabki tasdiqlash xizmatini ishga tushirmoqdamiz.

Kreditga layoqatliligingizni Depozit.uz sayti orqali bilib oling!

Ushbu xizmat kredit tarixingiz, daromadlar tarixingiz va boshqa ma'lumotlar tahlili asosida Sizga eng foydali kreditlarni tanlashda yordam beradi.

Kredit tanlash xizmatining qulayligi nimada?

  • Banklarda kreditni tasdiqlash ehtimolini bir joyda masofadan tekshirish.
  • Kredit qobiliyati va kredit tarixini kuzatish imkoniyati.
  • Banklarda kreditni tasdiqlashni rad etilishining ehtimoliy sabablarini kuzatish imkoniyati.

Buning uchun nima qilish kerak?

Avval Depozit.uz saytida “Kreditlarni tanlash” bo‘limiga o‘ting. Undan so’ng, ko'rsatmalarga amal qilgan holda quyidagi bosqichlarni birma-bir bajaring:

1. Sizga kerak bo'lgan kredit turi, miqdori va muddati kabi parametrlarni kiriting va identifikatsiyadan o'ting. Shuningdek, avtokreditlarni tanlashda siz o'z xohishingizga ko'ra qo'shimcha parametrlarni ham tanlashingiz mumkin, masalan, bozor - birlamchi yoki ikkilamchi, avtomobilning brendi, modeli yoki pozitsiyasi.

Identifikatsiyadan o’tish uchun Siz Yagona identifikatsiya tizimi – OneID tizimidan ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Agar siz OneID-da ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, o’z ma'lumotlaringizni kiritishingiz kerak. Shaxsiy ma'lumotlaringizning maxfiyligi kafolatlanadi.

Ma’lumot uchun: Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) foydalanuvchilarning elektron hukumat va davlat organlarining turli axborot tizimlaridan qulay va xavfsiz foydalanishiga mo‘ljallangan tizimdir.

2. Identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng Payme to‘lov tizimi yoki karta ma’lumotlarini kiritish orqali to‘lovni amalga oshirish kerak. Xizmat narxi 39 000 so‘m. Ushbu xizmat turi mijozning kredit tarixini tekshirish, daromadlarini o'rganish, kredit tarixini o'rganish va kreditlarni tanlab berishni o'z ichiga oladi.

3. To'lov amalga oshirilganidan so'ng kredit tarixingiz tekshiriladi. Bu bir necha daqiqa vaqt olishi mumkin. Tekshiruv tugallanganidan so'ng, ekranda sizning natijalaringiz paydo bo'ladi, unda sizning o'rtacha oylik daromadingiz, siz kiritgan kredit parametrlari bo'yicha o'rtacha bir oylik kredit xarajatlari, qarz yuki darajasi va kredit tarixi, yangi so’ralgan kreditni hisobga olgan holda qarz yuki ko’rsatkichi, skoring balli va reytingi hamda olishingiz mumkin bo’lgan kredit miqdori kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Shuningdek, shu sahifada kredit tarixi va daromadlar tarixi hisobotini ham saqlab olishingiz mumkin.

4. Tekshiruv natijasiga ko’ra qaysi banklar sizga kredit berishga tayyorligini bilib olishingiz mumkin. O’z xohishingizga ko’ra Siz tanlagan kreditingiz uchun ariza ham yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, sizning so’rovingizga mos keladigan kreditlar tanlashda savollaringiz yoki muammolaringiz bo'lsa, siz qayta qo'ng'iroq qilish xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin. Bizning xodimlarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, sizga yordam beradi.

 Teglar

Kreditlar Yangilik

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish