Kredit tarixi haqida eng ko'p beriladigan savollardan biri uni qanday yaxshilash mumkinligi haqidadir.
Har doim ham yaxshi kredit tarixiga ega bo'lish imkoniyari bo’lavermaydi, ba'zi hollarda esa kredit tarixi bizga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra yomonlashadi, masalan, bank dasturlaridagi texnik muammolar tufayli ba'zi mijozlarda muddati o'tgan to'lov shakllanadi va natijada, mijozning o'zi hech qachon qarzni kechiktirmagan bo'lsa-da, bundan mijozining kredit tarixi zarar ko’radi. Shuning uchun bugun biz ikkita muhim savolni ko’rib chiqamiz - kredit tarixi yaxshiligi yoki yomonligi qanday aniqlanadi va uni qanday qilib yaxshilash mumkin.
Qaysi kredit tarixi yaxshi deb hisoblanadi?
Turli banklar kredit tarixini turlicha baholaydilar. Misol uchun, ba'zi banklar o'tgan yil uchun kreditlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tekshiradi, boshqalari kreditlar uch yoki hatto besh yil oldin qanday to'langanligini tahlil qiladi.
Yana bir misol: ba'zi banklar hatto kichik kechikishlarga ham tanqidiy munosabatda bo'ladi, boshqalari esa, agar bir necha oy davomida bir necha marta muddatidan o’tib ketgan to’lovi bo’lsa ham, kredit berishga tayyor.
Umuman olganda, banklar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan kredit tarixini yaxshi deb hisoblashadi:
Misol uchun, agar biror kishi 2015 yilda bitta kredit olib, uni 2016 yilda to'lagan bo'lsa, kredit tarixining yoshi unchalik muhim emas: kredit uzoq vaqt oldin olingan, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli o'zgargan bo’lishi mumkin va u 2022 yilda kreditlarni qanday qilib to'lashi endi aniq emas.
Biroq, agar biz ipoteka yoki avtomobil krediti haqida gapiradigan bo'lsak, ushbu kreditlar garov ta'minoti bilan ta'minlangan va bu yerda odam shunchaki banklarning takliflarini solishtirayotganini va bir vaqtning o'zida beshta ipoteka olishni rejalashtirmasligini bank aniq tushunadi.
Qanday kredit tarixi yomon deb hisoblanadi?
Yomon kredit tarixining asosiy ko'rsatkichlari bu muddati o’tgan qarzdorlik va yuqori kredit yukidir. Eng salbiy omil esa qarz oluvchi sudga tortilgan yoki u kreditni umuman qaytarmaganligi hisoblanadi. Bunday hollarda bank kredit berishdan bosh tortishi ehtimoli yuqori bo’ladi.
Boshqa barcha ko'rsatkichlar ikkinchi darajali. Misol uchun, kredit olish uchun ariza berish va kredit ajratilishi bo’yicha ijobiy qaror qabul qilinishi holatlari ko’pligi yoki kamligi bir bank uchun muhim bo'lsa, boshqasi bu ma'lumotlarga katta ahamiyat qaratmaydi.
Ba'zi banklar kredit tarixiga ega bo'lmagan qarz oluvchilardan ehtiyot bo'ladi. Biror kishi ilgari kreditlarni qanday qaytarganligi haqida ma'lumot yo'qligi sababli, u kreditni qanday qaytarishi aniq bo’lmaydi: uni o'z vaqtida to'laydimi, oldindan to'laydimi yoki umuman to'lamaydimi.
Kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?
Buzilgan kredit tarixi, albatta, yaxshilanishi mumkin, ammo bu juda ko'p vaqtni talab etadi. Agar kredit tarixi buzilishida uchinchi shaxslar emas, balki bankning kredit to'lash shartlarini buzgan qarz oluvchi fuqaroning o'zi aybdor bo'lsa, uning kredit tarixini yaxshilashning faqat bitta usuli bor: katta bo’lmagan summalarda yangi kreditlar olish va ular bo’yicha to'lovlarini o'z vaqtida to’lash orqali intizomli mijoz sifatida o’zini namoyon qilish zarur.
Sizning kredit tarixingiz qanday? Bu haqida Depozit.uz saytining Kreditga layoqatlilikni tekshirish sahifasida bilib olishingiz mumkin.