Top.Mail.Ru

Kredit olayotganda ahamiyat berish zarur bo'lgan muhim jihatlar

Kredit - bu qulay va ko'p hollarda juda zarur narsa. Hamma ham, masalan, yangi mashina uchun pul yig’ishga qodir emas: pul doimo e'tiborsiz sarflanib yuboriladi. Shuning uchun, kredit xaridlarni kechiktirmaslik uchun yaxshi imkoniyatdir. Ammo qo'shimcha moliyaviy majburiyatlarni o'z zimmangizga olishdan oldin, yaxshilab o'ylab ko'rishingiz kerak.

Kredit olayotganda ahamiyat berish zarur bo'lgan muhim jihatlar

Kredit olishdan oldin birinchi qadam bu sizning kredit reytingingizni aniqlashdir - bu kredit ma'qullanishi ehtimoli va banklar sizga taklif qiladigan kredit shartlariga ta'sir qiladi. Buni Depozit.uz saytida amalga oshirish mumkin. Dastlabki skoringdan o'tganingizdan so'ng, siz kreditning maksimal miqdorini aniqlashingiz va natijalaringiz asosida qaysi bank kredit berishi mumkinligini bilib olishingiz mumkin.

Imkoniyatlaringizni aniqlaganingizdan so'ng, siz kreditni tanlashga o'tishingiz mumkin.

Albatta, hamma birinchi navbatda kreditning foiz stavkasiga e'tibor beradi - u qanchalik past bo'lsa, shunchalik foydali deb ishoniladi. Ha, aynan shunday, lekin kreditning foydaliligiga ta'sir qiluvchi boshqa muhim jihatlar ham bor.

Kredit muddatlari

Moliyaviy tashkilot qanday kredit shartlarini taklif qilayotganini bilish muhimdir. Agar kredit muddati uzoq bo'lsa, oylik to'lov kamroq bo'ladi, umumiy qarz esa yuqori bo'ladi. Agar siz uchun kreditni kichikroq miqdorda to'lash qulayroq bo'lsa, unda maksimal mavjud muddatga kredit olgan ma'qul, lekin agar siz ortiqcha to'lashni xohlamasangiz, qisqaroq muddatni tanlash yaxshidir, lekin shaxsiy byudjetingizga og’irlik tushihsi kerak emas.

Oylik to’lovni to'lash sanasi

To'lov sanasiga alohida e'tibor berish kerak - odatda, kredit berilgan kun oylik to’lov sanasi qilib belgilanadi. To'lov sanasi va ish haqini olish sanasini solishtiring – agar to'lovni amalga oshirish noqulay bo'lsa, shartnomani imzolashdan oldin bank bilan sanani o'zgartirishni muhokama qilish zarur. Shu orqali siz muddatli o’tgan to’lovlar ehtimolini minimallashtirasiz.

Kreditni sug'urta qilish shartlari

Kreditni sug'urtalash shartlarini tekshirishni unutmang. Sug'urtalash kreditning o'ziga ham, kredit garoviga ham qo'llaniladi. Sug'urta kompaniyalari ko'pincha banklar bilan hamkorlik qiladilar va qat'iy sug'urta shartlarini o'rnatadilar, ammo siz o'zingizga qulay sug'urta kompaniyasini yanada qulayroq tariflar bilan taklif qilishingiz mumkin.

Muddati o’tgan to’lovlar uchun jarima miqdori

To'lov kechiktirilgan taqdirda bank undiradigan jarima miqdorini tekshirish muhimdir. Kredit ta'tiliga ariza berish imkoniyati haqida ham so'rash kerak. Ushbu ma'lumot hech bo'lmaganda o'zingizni ishonchli his qilishingizga yordam beradi. Shuni esda tutish kerakki, uch oydan ortiq kechikish kelajakda kredit olish bilan bog'liq muammolarga olib keladi.

To'lov usuli

Ko'pincha, banklar kredit berganda, to'lov usuliga qarab turli stavkalarni taklif qilishadi. Annuitet usuli bilan stavkalar odatda past bo'ladi. Ammo bu holatda ham annuitet to'lovi banklar uchun foydalidir.

Qo'shimcha to'lovlar

Banklar ko'pincha xizmatlar uchun komissiya oladilar: SMS-xabarlar, kartani ochish va unga xizmat ko'rsatish, pul o'tkazish va hk. Shartnomani imzolash orqali siz ushbu xizmatlardan voz kechishingiz mumkin.

Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar

Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablarni aniqlang - masalan, ish tajribasi. Har bir bankning ish stajiga nisbatan o'ziga xos talablari bor, ba'zilari uchun uch oy yetarli, boshqalari uchun esa kamida 12 oy talab etiladi.

Kredit tanlash - diqqat bilan yondashiladigan va e’tiborlikni talab qiladigan muhim qadamdir. Statistik ma'lumotlar chakana kreditlar hajmining o'sishini ko'rsatmoqda, ammo aholining moliyaviy savodxonligi pastligi tufayli muammoli kreditlar soni ham ortib bormoqda.

Kredit olishda keng tarqalgan xatolardan qoching, shoshilmang va nuanslarni o'rganishga vaqt ayamang. Shunda kredit siz uchun muammo manbai emas, balki foydali moliyaviy vositaga aylanishi mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, kredit sizning imkoniyatlaringiz va moliyaviy majburiyatlaringizni hisobga olgan holda mas'uliyatli va ongli ravishda olinishi kerak. Ushbu maslahatlarga rioya qilish xavflarni minimallashtirishga yordam beradi va kredit tanlovingizni yanada mazmunli va foydali qiladi.

17:47 • 05 March, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish