Qarz oluvchining daromadi bank tomonidan kredit berish to'g'risida qaror qabul qilish va mumkin bo'lgan kredit miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan asosiy parametrlardan biridir.
Albatta, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda asosiy hujjat ish joyidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisoblanadi. Ammo ko'pchilik boshqa rasmiy va kelajakda kreditni qaytarish manbai sifatida ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qo'shimcha daromad manbalariga ham ega bo’ladi. Faqatgina bunday daromadlarni hisobga olish qoidalari banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Shuning uchun, agar qo'shimcha daromad manbalari mavjud bo'lsa, potentsial kreditorlar bilan ushbu daromadlarning hisobga olinishi yoki olinmasligi haqida oldindan maslahatlashish kerak. Chunki kredit olish uchun bankni tanlashda bu muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Qonun hujjatlariga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 3205-son qarori) qarz beruvchi qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar va ma'lumotlardan foydalanish huquqiga ega:
- ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlari;
- pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlari;
- fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma'lumotlari;
- foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan va shular kabi boshqa doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi ma'lumotlar.
Ya'ni, qonunga ko'ra, qarz oluvchi kredit olish uchun ariza topshirayotganda bankka o'zining hujjat bilan tasdiqlanishi mumkin bo’lgan har qanday rasmiy daromadini ko'rsatishi mumkin. Asosan bu jismoniy shaxs soliq to'laydigan daromadlardir. Shaxsning rasmiy ish joyi bo'lmasligi mumkin, lekin boshqa manbalardan daromad olishi va ular uchun soliq to'lashi mumkin.
Darhaqiqat, shaxsning rasmiy ishi bo'lmagan, ammo rasmiy daromadi bo'lgan holatlarda u bankdan kredit olishi mumkin. Ammo, afsuski, amalda bunday emas, barcha banklarda rasmiy ish joyi talabi mavjud. Biroq o'rtacha oylik ish haqi kreditni to'lash uchun yetarli bo'lmagan hollarda, banklar boshqa daromadlarni kreditni to'lashning qo'shimcha manbai sifatida qabul qiladilar, bu banklarning ichki qoidalariga bog'liqdir.
Banklar tomonidan qanday daromadlar kredit ajratishda hisobga olinishi mumkinligi yoki umuman hisobga olinmasligi haqida ma’lumot beramiz.
Banklar tomonidan ko'rib chiqiladigan daromad turlari:
Banklar tomonidan hisobga olinmaydigan daromadlar:
Umuman olganda, barcha bir martalik va barqaror bo’lmagan daromadlarni banklar qabul qila olmaydi.
Shunday qilib, rasmiy ish joyidagi rasmiy oylik maoshidan tashqari daromad qarz oluvchining yagona daromad manbai sifatida qaralishi mumkin emas.