Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, joriy yilning 10-iyul kuni Chust tumanida yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan ayol (ismi sharifi keltirilmadi) ariza bilan murojaat qilgan.
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, joriy yilning 10-iyul kuni Chust tumanida yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan ayol (ismi sharifi keltirilmadi) ariza bilan murojaat qilgan.
Arizada keltirilishicha, Chust tumanida istiqomat qiluvchi 1976-yilda tug‘ilgan shaxs (Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 30-iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi sababli ismi sharifi ko‘rsatilmadi) ayolga kredit olib berishni va'da qilib, uning ishonchiga kirgan. Fuqaro Chust tumanida joylashgan taʼminot bo‘limiga ayolni olib borib, qoramol yetaklagan holatda fotosuratga tushirgan, kredit chiqquniga qadar ishlatib turish uchun undan 300 AQSH dollari olgan. Keyin esa unga kredit chiqmaganligini aytgan.
Keyinchalik u o'z o'g'li nomiga noqonuniy ravishda kredit rasmiylashtirilgani aniqlandi.
Ayol bank krediti evaziga qoramol olib tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan. Biroq, kredit ham 300 AQSH dollari ham yo‘q.
☝️Qonuniy ravishda hujjatlarni rasmiylashtirib, bank ofislariga tashrif buyursangiz, bu kabi holatlar oldi olingan bo‘lardi.