Top.Mail.Ru

Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tartiblari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yana-da keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. (485-son, 3.08.2021 y.)

Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tartiblari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot  texnologiyalarini yana-da keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. (485-son, 3.08.2021 y.)

Qaror bilan ikkita nizom tasdiqlandi:  
- Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
- Umumiy ovqatlanish korxonalari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom. 

Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT)ni ishga tushiradi. 

“K – SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlar O‘zbekiston hududida ko‘chma savdo bilan shug‘ullanishi mumkin. 

Ko‘chma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari, savdo obyektining ixtisoslashuv turlari, ko‘chma savdosi taqiqlangan tovar turlari belgilandi. 

“K – SAVDO” AATda:  
- ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun buyurtma berish; 
- ko‘chma savdo joylarining xaritalari bilan tanishish;
- aholi punktlari bo‘yicha ko‘chma savdo joylarining sxemalariga muvofiq elektron auksionlarni amalga oshirish;
- auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyi uchun to‘lovlarning amalga oshirilishi, shuningdek, pul mablag‘larini qaytarish;
- tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi guvohnoma yuborish;
- manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ko‘chma savdo obyektlari to‘g‘risida maʼlumot yuborish;
- ko‘chma savdo joylashish sxemasida mavjud bo‘sh turgan va band qilingan ko‘chma savdo joylari to‘g‘risida maʼlumot olish;
- ko‘chma savdo obyektlari reyestrini yuritish imkoni yaratiladi. 

Avvalroq, Prezident qarori bilan belgilangan ko‘chma savdo faoliyatining yangicha tartiblari haqida ma'lumot berilgan edi (PQ-5136-son).

16:24 • 06 August, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish