Top.Mail.Ru

Jamg'arilgan mablag'larni plastik kartada saqlash qanchalik xavfsiz?

Jamg'armalarni plastik kartaga yig’ish pullarni saqlashning ishonchli usullaridan biridir.

Jamg'arilgan mablag'larni plastik kartada saqlash qanchalik xavfsiz?

Ko'pchilik pulni kartada, ko'pincha xalqaro kartalarda saqlashni afzal ko'radi, chunki agar pul kerak bo’lib qolsa, ortiqcha qiyinchiliksiz ularni ishlatish mumkin. Misol uchun, agar jamg'armalar bank omonatida saqlansa, ko'p hollarda ularni omonat muddati tugaguncha ishlatib bo'lmaydi. Karta bilan esa bunday muammolar yo'q – pulni istalgan vaqtda ishlatish mumkin.

Biroq, plastik kartalarning ishonchsizligi, kartadan pul o‘g‘irlash holatlari tez-tez uchrab turishi haqida doimiy xabar eshitayotgan paytlarimizda jamg’armalarni plastik kartochkada saqlash qanchalik xavfsiz ekanligi haqida o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi.

Plastik kartadan pul o'g'irlash ehtimoli yuqori degan fikr biroz bo’rttirilgan. Chunki agar kartani xavfsiz ishlatish qoidalariga rioya qilinsa (uchinchi shaxslarga bermasdan, parol va kodlarni hech kimga aytmasdan), kartadagi pul yo'qolishi ehtimoli minimaldir.

Kartadagi pul qanday himoyalangan?

Agar pul hamyonda bo'lsa va hamyon sumkadan o’girlansa, pulni qaytarish ehtimoli nolga teng bo’ladi. Lekin agar o’g’rilar kartani o’g’irlab olishgan bo'lsa, ular o’sha zahoti pulni yechib ololmaydilar, chunki buning uchun PIN-kodni bilish kerak. Demak, pulni hamyondan ko’ra kartada saqlash ishonchliroqdir.

Albatta, katta summalarni kartada saqlash tavsiya etilmaydi. Karta – kundalik hayotda hisob-kitoblar qilish va foydalanish vositasidir. Bu mablag'larni saqlashning qulay, ammo ideal usuli emas. Mutaxassislar kartada faqat bir necha kun yoki bir hafta ichida sarflanishi rejalashtirgan pul miqdorini saqlashni tavsiya qiladi. Chunki agar karta yo'qolsa yoki ma’lumotlari firibgarlar tomonidan aniqlab olinsa, yo'qotishlar unchalik katta bo'lmaydi.

Eng yaxshi variant – jam’garma hisobvarag'i yoki pulni qisman yechib olish va to'ldirish imkoniyatiga ega bo’lgan bank omonatini ochish va jamg’armalarning asosiy summasini shu hisobvaraqda saqlashdir. Onlayn bank orqali, zarur bo'lganda, bunday omonatdan kerakli summani kartaga o'tkazish va pullardan foydalanish mumkin.

Bank kartadagi pulni saqlash uchun javobgardir, lekin mijoz ham barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Kartadan pul o'g'irlangan taqdirda, karta PIN-kodi boshqa birovga ma'lum bo'lganligi aniqlansa, bank aniq sabablarga ko'ra zararni qoplashni rad etadi: chunki karta egasi qoidalarga rioya qilmagan.

Karta pulni xavfsiz saqlashga imkon beruvchi bir necha himoya darajalariga ega:

  1. Karta shunchaki hisobvaraqning kalitidir. Kartani egallab olgan firibgarlar darhol pul yechib ololmaydilar. Karta faqat ma'lum rekvizitlarga ega bo'lgan plastik bo'lakdir. Texnologiyaning rivojlanishi bilan kartadan pul yechib olish uchun mavjud rekvizitlar (karta raqami, CVV kodi) yetarli. Yuqori xavfsizlik uchun kartani ko'zdan yo’qotmaslik va uni uchinchi shaxslarga topshirmaslik kerak.
  2. 3-D Secure. Ushbu texnologiya ikki faktorli autentifikatsiya hisoblanadi. Undan foydalanganda Internetdagi har qanday to'lov faqat tasdiqlash kodi bilan o'tadi. Bankda karta ochtirganda ushbu xizmat kartaga ulangan yoki yo'qligini aniqlab olish kerak. Xizmat bepul bo’ladi.
  3. PIN -kod. Karta bilan xaridlarni amalga oshirish uchun kartaga ega bo'lish va PIN-kodni bilish zarur. Ushbu maxfiy ma'lumot faqat karta egasiga ma'lum bo'lishi kerak. PIN-kodni uchinchi shaxslarga ma’lum qilish xavfsiz emas. Kodni aytish pul saqlanadigan seyf kodini aytish bilan bir xil. PIN-kodni bilgan va kartaga ega bo'lgan har qanday shaxs balansni bilib olishi va pul yechib olishi mumkin. PIN-kodni kartaga yozib qo'yishning hojati yo'q, agar karta o'g'irlansa, bir necha daqiqada firibgarlar pulni osongina yechib olishadi.
  4. Kontaktsiz to'lov. Bu PIN-kodni kiritmasdan karta orqali to'lash imkonini beradi. Kartani qurilmaga yaqinlashtirish kifoya, to‘lov avtomatik tarzda yechib olinadi. Bu kartani hamyondan chiqarmaslik va uning asosiy rekvizitlarini ko'rsatmaslik imkonini beradi.
  5. SMS. Mobil bank allaqachon ko'plab mijozlarni o’g’rilikdan saqlab qolgan. Xaridlarni amalga oshirishda telefonga xarid haqida SMS-xabar keladi. Bu har kimga qanday xarid, qancha miqdorda va qayerda qilinganligidan xabardor bo'lish imkonini beradi. Odam uyda o'tirganida birdaniga telefoniga xarid haqida SMS kelishi ko’p uchraydigan holat. Shu payt u kartasini qidira boshlaydi va uning yo'qolganini tushunadi. Ehtimol, karta allaqachon o'g'irlangan yoki biror joyda qoldirilgan. Bunday holda tezda ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilib, kartani blokirovka qildirish mumkin. Bloklash firibgarlarga, hatto qo‘llarida karta va PIN-kod bo‘lsa ham, tranzaksiyalarni amalga oshirishga imkon bermaydi.

Agar siz barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilsangiz, pulingizni kartada xavfsiz saqlashingiz mumkin. Mas'uliyatsiz munosabat pul yo'qotishlariga olib kelishi mumkin. Ko'pincha odamlar xavfsizlik qoidalariga e'tibor bermay, bank baribir zararni qoplaydi, deb o'ylashadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bank mijoz barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgani va zararni minimallashtirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilgani isbotlangan taqdirdagina zararni qoplaydi.

Bank kartalari haqida to'liq ma'lumot Debet kartalar sahifasida keltirilgan.

17:56 • 22 July, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish