21 Apr 2021 |  1,952

Ish haqi kartasiga bogʼlanmagan holda onlayn kredit olsa boʼladimi?

Энди TBC UZ иловасидан рўйхатдан ўтган ва банкнинг пластик картасидан фойдаланувчи ҳар бир мижоз ойлик иш ҳақига боғланмаган ҳолда 3 ойдан 36 ойгача бўлган муддатга 300 000 сўмдан 50 000 000 сўмгача миқдорда имтиёзли шартларда тезкор онлайн кредит расмийлаштириши мумкин.

Ish haqi kartasiga bogʼlanmagan holda onlayn kredit olsa boʼladimi?

Endi TBC UZ ilovasidan roʼyxatdan oʼtgan va bankning plastik kartasidan foydalanuvchi har bir mijoz oylik ish haqiga bogʼlanmagan holda 3 oydan 36 oygacha boʼlgan muddatga 300 000 soʼmdan 50 000 000 soʼmgacha miqdorda imtiyozli shartlarda tezkor onlayn kredit rasmiylashtirishi mumkin. Kredit rasmiylashtirish jarayonida mijozda bugungi kunda boshqa bankda hali soʼndirilmagan krediti mavjud boʼlsa-da, lekin mijozning kredit tarixi yaxshi boʼlsa ham onlayn tarzda kredit rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Maʼlumki, Oʼzbekistonda 32 ta tijorat banklari mijozlarga bank xizmatlarini koʼrsatayotgan davrda, hali bironta tijorat banklarida qoʼllanilmagan xizmat turini “TBS-bank” joriy qilgani bu quvonarli holatdir. 

Har bir tijorat banklari faqatgina oʼz mijozlariga, yaʼni ish haqi kartasi oʼsha bankning oʼzida mavjud boʼlgan mijozlarga onlayn mikroqarz ajratayotgan davrda “TBS-bank” tomonidan oylik ish haqiga bogʼlanmagan holda onlayn mikroqarz ajratishi – bu insonlarning hayotini yengillashtirish, masofaviy bank xizmatlarini kengaytirish orqali respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga keng hissa qoʼshayotganidan darakdir.

Bugungi kunda “TBS-bank” tomonidan istiqbolli loyihalarga moddiy negiz yaratilishi sharofati bilan shaharning barcha tumanlarida yangi korxonalar ishga tushirilmoqda, xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes rivoj topmoqda, eng muhimi barqaror yangi ish oʼrinlari tashkil etilmoqda.

Bank xizmatlarining eng muhim va ustuvor jihatlaridan biri mahsulot va xizmatlarning aksariyati masofadan turib internet orqali amalga oshirilishidir. “TBS-bank” oddiylik va shaffoflikka yondoshgan holda xizmatlar va mahsulotlar taqdim etishda oson, sodda va tushunarli yoʼllardan foydalanmoqda. Bunday uslubdan foydalanish esa bankning mijozlar auditoriyasini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.

R.S: Oʼzbekistonda 2020 yilning 11 aprelidan oʼz faoliyatini boshlagan hamda 25 yillik tajribaga ega Gruziyaning yetakchi raqamli banklaridan biri sanalgan “TBS-bank” aktsiyadorlik tijorat banki mijozlarga innovatsion va zamonaviy texnologiyalari, “onlayn” va “oflayn” xizmatlari bilan qulayliklar yaratish, shuningdek biznes loyihalar yurituvchi tadbirkorlik subʼektlariga qulay bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishda qisqa davr mobaynida ishonchli hamkor sifatida eʼtibor qozondi.

 Teglar

Kreditlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish