Top.Mail.Ru

Ipoteka krediti bo'yicha TOP-3 savolga javob!

Depozit.uz foydalanuvchilari tomonidan ipoteka kreditlari bo’yicha eng ko’p beriladigan savollariga javob beramiz

Ipoteka krediti bo'yicha TOP-3 savolga javob!

1.  Kredit hisobiga sotib olinayotgan mulkni yashash joyimdan boshqa hududda sotib olishim mumkinmi?

Ha. Kredit obyekti cheklanmagan bo’lib, Respublika hududi bo’ylab joylashgan turar joylardan sotib olinishi mumkin. Lekin, sotib olinayotgan uy-joy faqatgina kredit oluvchini istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan bo`lishi lozim. Boshqa tijoriy maqsadlarda ishlatilishi qat’iyan man etiladi. Ushbu talablar yuzasidan tijorat banklari nazorat maqsadida boshqa ko’zda tutilgan bandlarni qo’shimcha ko’rsatib o’tishi mumkin.

2.  Kredit olishda qanday daromad manbalarini taqdim qilish mumkin?

Bankning ixtiyoriga ko'ra amalga oshiriladi. Qarz oluvchi barqaror daromad manbaiga ega bo'lishi kerak. Qarzdor davlat xizmatchisi, xususiy tadbirkor yoki qat'iy ish haqi bo'lgan xodim bo'lishi kerak.

3. Kredit uchun yetarli bo’ladigan oylik daromadi qanchani tashkil etadi?

Kredit oluvchi shaxs doimiy daromad manbaiga ega bo’lishi zarur. Kreditning oylik to’lovi uchun oila umumiy daromadining maksimum 50% yetarli bo’shi zarur. (Misol uchun oilaning oylik daromadi o’rtacha 6.0 million so’mni tashkil etsa, kreditning bir oylik to’lovi ko’pi bilan 3.0 million so’m (6.0mln*50%) ni tashkil etishi zarur. Shuningdek, oilaning oylik daromadi 10.0 million so’mdan oshmasligi zarur.

Ipoteka kreditlari bilan Depozit.uz sayti Ipoteka kreditlari sahifasida tanishishingiz mumkin. 

10:43 • 11 October, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish