Qishloq qurilish bank mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ipoteka kreditlari rasmiylashtirishda yangicha yondashuv uslubini qoʼllashni boshladi.
Аlbatta, ishonmasangiz oʼzingiz sinab koʼring. Qishloq qurilish bank mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ipoteka kreditlari rasmiylashtirishda yangicha yondashuv uslubini qoʼllashni boshladi.
Yaʼni, mijoz kredit hujjatlarini taqdim etish maqsadida bank filiallariga tashrif buyurmasdan rasmiy sayt orqali onlayn arizani rasmiylashtirishi mumkin.
Hujjatlar 3 ish kuni mobaynida oʼrganib chiqiladi va mijoz elektron manziliga kredit ajratish yoki ajratilmaslik sabablari koʼrsatilgan maʼlumot taqdim etiladi.
Ipoteka krediti ajratish yuzasidan onlayn ariza topshirish boʼyicha batafsil maʼlumot olishni istasangiz bankning (78) 150-00-55 (qisqa raqam 1254) raqamiga qoʼngʼiroq qilishingiz mumkin.
Ipoteka kreditlariga onlayn ariza qabul qiluvchi banklar roʼyxati bilan batafsil depozit.uz saytida tanishishingiz mumkin.