Ikkilamchi bozordagi uy-joy yangi qurilgan uylarga nisbatan arzonroq bo’lganligi sababli aholi orasida ko’proq talabga ega.
Albatta, ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditiga ham talab katta. Lekin shunga qaramay, hozirgi vaqtda ikkilamchi bozor uchun davlat dasturi asosida qulay shartlarda ipoteka krediti ajratilishi to’xtatilgan.
Bugungi kunda ayrim tijorat banklari faqatgina o’z mablag’lari hisobidan tijorat shartlari asosida ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlarini ajratmoqda.
Ularning eng yaxshi shartlarga ega bo’lganlari haqida ma’lumot beramiz.
1. Milliy bank ipoteka krediti:
Kredit muddati – 10 yilgacha.
Imtiyozli davr – 2 yil.
Boshlang’ich badal va foiz stavkasi:
boshlang’ich badal 25% bo’lsa – yillik 24%;
boshlang’ich badal 30% bo’lsa – yillik 23%;
boshlang’ich badal 40% bo’lsa – yillik 21%.
2. Ziraat Bank ipoteka krediti:
Maksimal summa – 810 mln. so’m.
Boshlang’ich badal – uy narxidan 25%.
Kredit muddati va foiz stavkasi:
25-60 oy – yillik 23.5%;
61-84 oy – yillik 24%;
85-120 oy – yillik 25%.
3. Tenge Bank ipoteka krediti:
Maksimal summa – 640 mln. so’m.
Boshlang’ich badal – uy narxidan 35%.
Kredit muddati – 10 yilgacha.
Foiz stavkasi – yillik 24.9%.
4. Infin bank ipoteka krediti:
Maksimal summa – 1.75 mlrd. so’m.
Foiz stavkasi – yillik 24.99%.
Boshlang’ich badal va kredit muddati:
boshlang’ich badal 26-50% bo’lsa – 10 yilgacha;
boshlang’ich badal 51% va undan ko’p bo’lsa – 15 yilgacha;
5. Hamkor bank ipoteka krediti:
Maksimal summa – 600 mln. so’m.
Boshlang’ich badal – uy narxidan 25%.
Kredit muddati – 10 yilgacha.
Foiz stavkasi – yillik 26%.
Ipoteka kreditlari bo’yicha batafsil ma’lumot Ipoteka sahifasida mavjud.