Top.Mail.Ru
25-July, 16:50 |  872

Hokim yordamchilari tavsiyasiga binoan kimlarga kredit ajratiladi?

Bugungi kunda kredit olishning ko’plab usullari mavjud. Oilaviy tadbirkorlik uchun, uy- joy ta’mirlash, shaxsiy ehtiyojlar, ta’lim uchun, overdraft, mikroqarz va boshqalar…

Hokim yordamchilari tavsiyasiga binoan kimlarga kredit ajratiladi?

Aksariyat banklarda kredit olish uchun hujjat rasmiylashtirish jarayoni uzoq vaqtni oladi. Ishonchli kafil shaxs topish yoki garov sifatida ko’chmas mulkni biriktirish kabi shartlar esa barcha uchun ham mos kelavermaydi. 

Bu kabi holatlarni hisobga olgan holda mehnatga layoqatli aholini moddiy qo’llab- quvvatlash  maqsadida  2021-yilning 3-dekabr kuni Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli farmon imzolandi. 

Unga muvofiq yangi lavozim turi joriy etilib, uning tumanlar (shaharlar) kesimidagi vakillarining vazifa va majburiyatlari belgilab berildi. 

Farmonga ko’ra, hokim yordamchisi, har kuni o’zlariga biriktirilgan mahalladagi 10 ta xonadon bilan shaxsan tanishib, ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni aniqlashi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirishi, aholining ishsiz hamda yordamga muhtoj qatlami bilan doimiy suhbat olib borishi kerak.

Shuningdek, hududni rivojlantirishning drayver sohalarini aniqlab, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni ishga jalb etish,  mehnatga layoqatli va moddiy yordamga muhtoj kichik biznes vakillariga kredit olishga ko’mak berish va qonunchilikda belgilab berilgan boshqa vazifalar ham lavozim majburiyatlariga kiritilgan.

Quyida hokim yordamchisi tomonidan tavsiya beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining ro’yxati keltirilgan.

T/rModdiy yordam turiTavsiyaMiqdori
1.Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchunKreditBelgilangan tartibda
2.Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchunSubsidiyaBHMning 30 baravarigacha
3.Sug‘orish vositalarini xarid qilish uchunSubsidiyaBHMning 10 baravarigacha
4.Urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun miqdorda subsidiya ajratish uchunSubsidiyaBHMning 3 baravarigacha
5.Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun miqdorda uchun subsidiya ajratish.SubsidiyaBHMning 10 baravarigacha
6.“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchunSubsidiyahar bir dastgoh uchun BHMning 10 baravari miqdorida
7.“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish uchunSubsidiyaBHMning 10 baravari miqdorida
8.“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun  subsidiyalar ajratish.Subsidiya7 million so‘mgacha
9.Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi uchunSubsidiyaIjara narxiga mos ravishda
10.Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchunSubsidiyaA’zolik badali narxida
11.O‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchunSubsidiya6 oy davomida o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda
12.Usta-shogird an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchunSubsidiyaBelgilangan tartibda
13.Kasb-hunar ta’limi muassasalariga — band bo‘lmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.GrantBelgilangan tartibda
14.Kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash va boshqa yo'nalishlarda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish.GrantBelgilangan tartibda
15.Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish markazlariga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan qoplab berish.O‘qitish xarajatlarini qoplab berishXarajatlarning 75 foizigacha qismini
16.Tomorqa yer egasi bo‘lgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun Urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun xarajatlarni to‘lab berishBHMning 8 baravarigacha miqdorda
17.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning  ijara xarajatlari uchunIjara xarajatlarini qoplab berishnoturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha
18.Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchunAsbob uskuna va mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratishBHMning 40 baravarigacha miqdorda
19.“Har bir yoshga — bir gektar” tamoyili asosida g‘alladan bo‘shagan yerlarda takror sug‘oriladigan yer maydonlaridan ekin ekish uchun va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun Ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarini ajratib berishBelgilangan tartibda
20.“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchunSubsidiyaBelgilangan tartibda
21.Band bo‘lmagan aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish bo’yichaHaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishBelgilangan tartibda

Hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam ajratish bo‘yicha ham tavsiya berishi mumkin. Barcha ajratiladigan kreditlar uchun imtiyozli davr  beriladi.

Xulosa qilib aytganda, hokim yordamchilari tavsiyasi bilan beriladigan moddiy mablag’lar aholining bandligi va doimiy daromad manbaiga ega bo’lishi ta’minlashga hamda iqtisodiy ahvolining yaxshilanishiga olib kelishi ko’zda tutilgan. 

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish