Top.Mail.Ru

Eski dollarni qanday almashtirish mumkin?

Аgarda Sizda eski banknota mavjud bo‘lsa, uni almashtirish imkoniyatini aniqlash uchun quyidagi belgilari bo‘yicha solishtirib chiqishingiz lozim.

Eski dollarni qanday almashtirish mumkin?

Bank tomonidan almashtirish uchun quyidagi kupyuralar qabul qilinadi:

- banknotaning rasmi (shakli)ni aniqlash imkonini beradigan ishqalangan va ifloslangan;
- banknotaning ¼ qism kenglik (uzunlik)dagi yirtib ulangan;
- aynan bitta banknotaning 1 kv. sm dan oshmagan yirtilgan va ulangan burchaklari yoki bo‘laklari bo‘lgan;
- banknotaning haqiqiyligini belgilashga to‘sqinlik qilmaydigan hamda himoya belgilaridan birining 50% dan oshmaydigan qismini qoplamaydigan mayda dog‘lar, ikkitadan ko‘p bo‘lmagan yozuvlar va shtamp belgilari (banknotaning muomaladan chiqarilgani yoki banknota nusxasi ekanini tasdiqlovchi shtamplardan tashqari) bo‘lgan;
- 1 mm diamertdan oshmaydigan 2 tadan ko‘p bo‘lmagan teshikli kupyuralar. 
Banknotlar yuqorida aytib o'tilganidan ham yomonroq holatlarda taqdim etilganda va yaroqsiz banknotalar toifasiga kirmasa (pastda), banknotlar nominal qiymatidan 5% miqdorida komissiya to‘lovi undiriladi.


Quyidagi hollarda banknota yaroqsiz deb hisoblanadi:

- agarda u bo‘laklarga bo‘lingan, jumladan yelimlangan bo‘lsa;
- banknotaning geometrik o‘lchovi 3 mm yoki undan ko‘proq o‘zgartirilgan bo‘lsa;
- banknotada undagi tasvir (rasm, portret, shakl)ni aniqlashga imkon bermaydigan ishqalanishlar va ifloslanishlar bo‘lsa;
- banknotalar qattiqlik darajasini ancha yo‘qotib, yumshab qolgan bo‘lsa;
- banknotaning rangi o‘chib qolgan bo‘lsa;
- kuygan yoki kuydirilgan bo‘lsa;
- asosiy to‘lov belgilaridan birining 50% dan ko‘prog‘iga yog‘, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilib ketgan bo‘lsa;
- kimyoviy reaktorlar ta’siridan zararlangan bo‘lsa;
- banknotaga qasddan zarar yetkazish oqibatida undagi tasvir (rasm, portret), nominal sezilarli darajada o‘zgargan, uning himoya iplari yo‘qolib ketgan, unga anchagina chizilgan bo‘lsa;
- banknotada aniq bosma nuqson (suv qog‘ozdagi belgi, himoya iplari yo‘q yoki kerakli tarzda joylashmagan), undagi tasvirlar yaxshi bosib chiqarilmagan yoki noaniq (surkalib) bosib chiqarilgan bo‘lsa; 
- xorijiy davlat bank-emitenti tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomalaga chiqqan, banknotaning muomaladan chiqarilganligini isbotlovchi shtamp belgilari bo‘lsa yoki banknota soxta yoki nusxa (namuna) bo‘lsa, muomalaga yaroqsiz deb hisoblanadi va bunday banknotalar bilan ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi.
 

17:14 • 08 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish