Top.Mail.Ru

Biznes boshlash uchun kredit olish kerakmi?

Bu savol, ehtimol, biznes bilan shug'ullanish va o'z biznesini ochishni rejalashtirgan odamlarning aksariyatini qiziqtiradi.

Biznes boshlash uchun kredit olish kerakmi?

Bu savol, ehtimol, biznes bilan shug'ullanish va o'z biznesini ochishni rejalashtirgan odamlarning aksariyatini qiziqtiradi. Ko'p hollarda bank krediti biznesni boshlash uchun kapitalning yagona manbai hisoblanadi, chunki hamma ham yangi biznesga sarmoya kiritish uchun o'z mablag'iga ega emas.

Darhaqiqat, biznesni boshlash uchun kredit - bu tadbirkorga ijaraga joy olish, asbob-uskunalar, tovarlar va jihozlar sotib olish yoki Internetda ishlashni rejalashtirgan taqdirda veb-sayt yaratish va jamoani jalb qilishda yordam beradigan foizli qarzdir.

Agar siz yangi tadbirkor bo'lsangiz yoki o’z ishingiz bilan yaqindan beri shug'ullanayotgan bo'lsangiz, tabiiyki, siz kredit bu qarz ekanligi va uni qaytarish kerakligini tushunishingiz kerak. Kreditning kamchiliklari borligiga qaramay, uning qator afzalliklari ham mavjud. Bugun bu haqida batafsil ma’lumot beramiz va keyinchalik afsuslanmaslik uchun qanday qilib to'g'ri kredit olish kerakligini aytamiz.

Kredit olishning afzalliklari nimada:

Ishni tez boshlash. Kreditsiz tadbirkor biznesni boshlash uchun uzoq vaqt davomida pul yig'ishi kerak. Ammo kerakli miqdor to'planayotganda, bozordagi vaziyat keskin o'zgarishi mumkin va ehtimol to'plangan miqdor yetarli bo'lmaydi yoki tanlangan yo'nalish ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Kredit bilan bu muammoning oldini olish mumkin. Agar siz biznes ochishga qaror qilsangiz, bozordagi haqiqiy vaziyatdan kelib chiqib, bir vaqtning o'zida bank bilan bog'lanasiz. Va siz bankdan so'ragan miqdor real vaqt rejimida amalga oshirilgan hisob-kitoblarga to'liq mos keladi. Bundan tashqari, o’sha vaqtning o’zida biznesni yaratish yo'nalishini tanlash osonroqdir.

Oson rivojlanish. Aksariyat yirik kompaniyalar nafaqat yaratilish uchun, balki biznesni rivojlantirish uchun ham kredit oladi. Masalan, ba'zi kompaniyalar aylanma mablag’lari orasida o'z pullaridan ko'ra qarzga olingan pullar ko'proq bo’ladi. Kreditlar biznesni rivojlantirishga, yangi uskunalar sotib olishga va yangi texnologiyalarni o'rganishga yordam beradi. Agar siz biznesga faqat o'z pulingizni investitsiya qilsangiz, kichik korxona bo'lib qolish xavfi mavjud: barcha xarajatlarni chegirib tashlaganidan keyin qoladigan kichik daromad har doim ham rivojlanish uchun yetarli emas,.

Kreditning kamchiliklari:

Yopilish xavfi. Tadbirkorlar biznesni rivojlantirish uchun kredit olishdan qo'rqishadi, chunki bank oldidagi qarzni to'lamaslik va yopilish xavfi doimo mavjud. Natijada muddati o’tgan qarzlar kelib chiqadi, hisobraqam muzlatib qo'yiladi va garov musodara qilinadi.

Kredit olishdan oldin, biznesning rentabelligini hisoblash zarur. Agar u kredit bo'yicha foizlardan yuqori bo'lsa, siz kredit olishingiz mumkin. Aksinchada kredit olmaganlik yaxshidir.

Ba'zan kreditni olish va yanada qulayroq foizni belgilash uchun mulkni garov sifatida qo’yish kerak. Garovsiz ham pul olish mumkin, lekin shartlar unchalik qulay bo'lmaydi. Ko’p hollarda kamida olti oylik tadbirkorlik tajribasi talab etiladi.

Katta summada kredit olmang, kichik kreditlardan boshlang, ularning to'lovi sof daromadingizning yarmidan ko'pi bo'lmasligi zarur. Shunday qilib, siz ijobiy kredit tarixini shakllantira olasiz, qanday miqdorlarni to'lashingiz mumkinligini tushunasiz va vaqt o'tishi bilan biznesni rivojlantirish uchun katta miqdorda ham kredit olishingiz mumkin bo'ladi.

Kredit olish har safar hujjatlarni rasmiylashtirish uchun uzoq vaqt talab etadi. Har bir bank barcha zarur bo’lgan hujjatlarni talab qilishga haqli. Hujjatlarning to’liqligi keyinchalik kreditning vaqtida qaytarilmasligi bilan bog’liq muammolar kelib chiqishi ehtimolini kamaytiradi.

Yodda tutingki, biznesning rentabelligi pasayib ketishi yoki yaqin atrofda raqobatchilar ochilishi mumkin, keyin esa odatiy foyda olish qiyinlashadi. Bunday holda, 3-4 oy ichida kompaniyaning xarajatlarini qoplaydigan moliyaviy xavfsizlik yostig'iga ega bo'lish zarur. Bunday harajatlarga ijara to’lovi, xodimlarning ish haqi, soliqlar kiradi.

O'z kuchingizni to’g’ri baholang. Masalan, siz rivojlanish uchun kredit olasiz va reklamaga sarmoya kiritasiz. Yangi mijozlar keladi va ko’paygan buyurtmalarni bajarib berish uchun ishchilar yetishmaydi, yoki siz tayyor mahsulotingizni juda tez sotasiz, yangisini tayyorlash esa kechikadi. Shuning uchun, kredit olishdan oldin, sizning biznesingiz yuqoriroq talabga bardosh bera oladimi yoki yo'qligini o'ylab ko'ring.

Bugungi kunda mamlakatimizda imtiyozli kreditlar hisobidan  tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, yoshlar, xotin-qizlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

19:42 • 23 February, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish