Top.Mail.Ru

Birlamchi bozor uchun ipoteka kreditini qaysi banklardan olish mumkin?

Bugungi kunda birlamchi bozor uchun ipoteka krediti hamma olishi mumkin bo’lgan bank mahsulotlaridan biridir. Birlamchi bozor uchun ipoteka kreditlari davlat dasturi doirasida ham, tijorat shartlarida ham beriladi.

Birlamchi bozor uchun ipoteka kreditini qaysi banklardan olish mumkin?

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka kreditlari 33 ta bankdan 12 tasi tomonidan beriladi. Bunday kreditning maksimal miqdori Toshkent shahri uchun 416,5 million so‘m, boshqa hududlar uchun 327,25 million so‘mni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov uy-joy narxining 15 foizi miqdorida, foiz stavkasi sotib olingan uy-joyning joylashgan joyiga qarab 17-18 foiz miqdorida belgilangan. Ipoteka kreditlari 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Kredit mijozning xohishiga ko’ra ham differensial, ham annuitet to'lovi usulida qaytarilishi mumkin.

Davlat dasturi doirasida ipoteka kreditlari beruvchi banklar: Agrobank, Asakabank, Aloqabank, Ipoteka-bank, Qishloqqurilishbank, Mikrokreditbank, Xalq banki, O‘zmilliybank, Orient Finance bank, Turonbank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank.

Shuningdek, birlamchi bozor uchun ipoteka krediti davlat dasturidan tashqari boshqa banklar tomonidan tijorat shartlarida beriladi. Biz ulardan eng qulaylari haqida ma'lumot beramiz:

1. Tenge bank:

Maksimal summa – 640 mln. so’m.

Boshlang’ich badal va foiz stavkasi: 

25% boshlang'ich to'lov bilan - yillik 23,9%;

50% boshlang'ich to'lov bilan - yillik 22,9%.

Kredit muddati – 15 yilgacha.

2. Ziraat Bank:

Maksimal summa – 810 mln. so’m.

Kredit muddati va foiz stavkasi:

25-60 oy – yillik 23.5%;

61-84 oy – yillik 24%;

85-120 oy – yillik 25%.

Boshlang’ich badal – uy narxidan 25%.

3. Orient Finans bank:

Maksimal summa – 500 mln. so’m.

Boshlang’ich badal va foiz stavkasi: 

23% boshlang'ich to'lov bilan - yillik 35%;

25% boshlang'ich to'lov bilan - yillik 25%.

Kredit muddati – 20 yilgacha.

Shuningdek, tijorat shartlarida birlamchi bozor uchun ipoteka kreditlari Davr Bank, Infin Bank, Ipak Yo‘li Bank, Kapital Bank, O‘zmilliybank, Orient Finans Bank, Poytaxt Bank, Saderat Bank, Hamkorbank va Ravnaq Bank tomonidan taqdim etiladi.

Ipoteka kreditlari bo’yicha batafsil ma’lumot Ipoteka sahifasida mavjud.

15:42 • 11 May, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish