Top.Mail.Ru
07-September, 19:21 |  1,716

Barcha onlayn mikroqarzlar: kimlarga qanday shartlarda beriladi.

Onlayn mikroqarzlar - pulni ma'lum foizda zudlik bilan olishning tez va qulay usuli.

Barcha onlayn mikroqarzlar: kimlarga qanday shartlarda beriladi.

Ammo, shunga qaramay, onlayn mikroqarz olish so'zda aytilganidek oson emas. Buning bir qator sabablari mavjud.

Birinchidan, oldingi maqolamizda aytib o’tganimizdek, onlayn mikroqarz 33 ta bankdan faqat 11 tasida taqdim etiladi, ya’ni tanlov juda kam.

Ikkinchidan, onlayn mikroqarz beradigan banklar – Ipoteka-bank, Aloqabank, O’zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank va Trastbank faqat shu bankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi tashkilotlar xodimlariga kredit ajratadi, boshqa shaxslarga berilmaydi. Qolgan banklar – TBC bank, Anorbank, Asakabank, Agrobank, Ipak Yo'li bank va Davr bank ushbu banklarning mobil ilovalari orqali doimiy daromadga ega bo’lgan har qanday shaxs identifikasiyadan o’tgan holda onlayn mikroqarz olishi mumkin.

Uchinchidan, mijozlarning kredit tarixi va daromadlariga nisbatan qo’yiladigan qat’iy talablar. Masalan, TBC bank qarz oluvchi ohirgi 12 oy davomida barqaror daromadga ega bo’lishini talab qiladi. Anorbank esa o’rtacha oylik ish haqi 1.5 mln so’mdan kam bo’lmaslik talabini qo’yadi.

Bugungi kunda, onlayn mikroqarzlarning maksimal summasi 50 mln. so’mni tashkil etadi, muddati 1 oydan 4 yilgacha. 

Quyidagi jadvalda hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan barcha onlayn mikroqarzlarning batafsil shartlari keltirilgan. 

Bank nomiFoiz stavkasiMuddatiMaksimal summa, so’mTa’minotKredit ajratiladigan mijozlar
Ipoteka-bank24%2 yil50 mlnSug’urta polisiBankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi mijozlari
Anor bank24% dan2 yil50 mlnTalab etilmaydiRasmiy daromadga ega bo’lgan barcha shaxslar
Agrobank25%1 yil20 mlnSug’urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligiByudjet tashkilotlari xodimlari
25%20 mlnXalqaro pul o‘tkazmalari orqali jo‘natilgan mablag‘larni shu bankda ochilgan plastik kartaga qabul qiluvchi shaxslar
27.99%10 mlnRasmiy daromadga ega bo’lgan barcha shaxslar
Aloqabank26.9%1 oy3 mlnTalab etilmaydiBankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi mijozlari
O’zsanoatqurilishbank26.9%1 yil30 mlnSug’urta polisiBankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi mijozlari
Mikrokreditbank24%3 oy1.5 mlnTalab etilmaydiBankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi mijozlari
27%1 yil5 mln
TBC bank28% dan3 yil50 mlnTalab etilmaydiDoimiy daromadga ega bo’lgan barcha shaxslar
Trastbank30%1 yil10 mlnSug’urta polisiBankning ish haqi loyihasida ishtirok etuvchi mijozlari
Asakabank32%1 yil20 mlnSug’urta polisiRasmiy daromadga ega bo’lgan barcha shaxslar
34%2 yil
Ipak Yo’li bank34.9%1 yil30 mlnTalab etilmaydiRasmiy daromadga ega bo’lgan barcha shaxslar
Davr bank38%4 yil50 mlnSug’urta polisiRasmiy daromadga ega bo’lgan barcha shaxslar

Bu va boshqa mikroqarzlarning batafsil shartlari bilan Mikroqarz sahifasida tanishishingiz mumkin.

 Teglar

Mikroqarzlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish