Top.Mail.Ru

Bankomat kartamni ushlab qolsa nima qilishim zarur?

Bankomatlardan naqd pul yechish jarayonida bank mijozlari ayrim holatlarda muammolarga duch kelishadi.

Bankomat kartamni ushlab qolsa nima qilishim zarur?

Keling, bu holatlarni ko'rib chiqaylik.

Naqd pul yechish jarayonida bankomat bank kartasini ushlab qolishining asosiy sabablari:

• pin kod ketma-ket uch marta noto‘g‘ri kiritilgani;
• bank kartasi muddati tugagan (muddati o‘tgan) yoki bloklangani;
• bank kartasi mexanik zarar ko‘rgan (chip zararlangan);
• operatsiya tugaganidan keyin bank kartasini bankomatning karta rideridan 10-20 soniya ichida qaytarib olinmagani;
• bankomatning nosoz holatda bo‘lishi.

Muhim! Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan chekni chiqaradi. Uni tashlab yuborishga shoshilmang, ushbu chek bank kartangizni qaytarib olish uchun bankka murojaat qilganda sizga asqotishi mumkin.

Agar bankomat sizga bunday chek bermagan bo‘lsa, qayg‘urishga hojat yo‘q, cheksiz ham bankdan kartangizni qaytarib olishingiz mumkin. Albatta bu holatda bankomat o‘rnatilgan joyda xizmat ko‘rsatuvchi bankning "Ishonch telefon"lari berilgan bo‘ladi. Darhol, ko‘rsatilgan telefonlar orqali murojaat qilib vaziyatni batafsil tushuntirishingiz lozim.

Xususan,  bankomat bank binosida joylashgan bo‘lsa, bank xodimiga murojaat qiling. Xizmat ko‘rsatuvchi bank vaziyatni zudlik bilan o‘rganib chiqadi. Bank kartasini bir kun ichida qaytarib beradi, agar bank kartasiga zarar yetgan/muddati tugagan taqdirda, oldingi karta o‘rniga yangi kartani chiqaradi.

Yodda saqlang! Siz bankomatni urish yoki uni ochishga harakat qilib, muammoni hal qilishga urinmang. Agar bunday harakatlar bilan bankomatga zarar yetkazsangiz, bank zararni qoplashni talab qiladi.

18:53 • 13 October, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish