Banklar tomonidan sog’liqni saqlash va ta’lim sohalari xodimlari uchun maxsus shartlarda avtokredit va mikroqarzlartaqdim etilmoqda.
Bunday banklardan biri Trastbank Maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim, sog‘liqni saqlash tizimlarida ishlovchi xodimlar uchun avtokredit va mikroqarzni quyidagi imtiyozli shartlarda taklif qilmoqda.
Avtokredit shartlari:
Mikroqarz shartlari:
Muhim! Sog’liqni saqlash va ta’lim sohalari xodimlari ish joyida bir yildan ortiq mehnat stajiga ega bo‘lishi zarur.
Bundan tashqari, Ipoteka-bank ham ish haqi loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura, OKMK, NKMK, O‘zbekiston metallurgiya kombinati) tashkilotlar xodimlariga avtokredit taklif qilmoqda.
Avtokredit shartlari:
Muhim! Avtomobil sotib olish uchun shartnoma Ipoteka-bank bilan hamkorlik shartnomasiga ega bo‘lgan avtosalonlardan olinishi shart.
Boshlang‘ich badal avtomashina summasining kamida 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirilganda, mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi.
Bu va boshqa avtokreditlar va mikroqarzlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Depozit.uz saytidan olish mumkin.