Jismoniy shaxslarning rasmiy daromadlari masalasi kulrang va qora daromadlar mavjuddirki dolzarb bo'lib qolaveradi. Ayniqsa, iqtisodiyotimiz sharoitida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, bunday vaziyat hali uzoq davom etishi mumkin.
Avval rasmiy daromadga ega bo'lish nima uchun muhim va nega uni ko'rsatish kerakligini eslatib o’tamiz.
Rasmiy daromad o’zi nima?
Rasmiy daromad - bu rasmiy ish joyidan olingan va soliqqa tortiladigan daromaddir.
Rasmiy ish haqi - bu bank qaror qabul qilishi uchun zarur bo'lgan qarz oluvchining to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatdir. Axir mijoz ishlamasa, qaysi mablag‘dan kredit to‘laydi?
Nima uchun bank rasmiy ish joyidan ma'lumotnoma talab qiladi?
Ish bilan ta'minlanganlik to’g’risidagi ma'lumotlar potentsial qarz oluvchi qanchalik ishonchli ekanligini tushunishga imkon beradi. Xususan, bankni quyidagilarni qiziqtiradi:
Ushbu bosqichda kreditor mijozning qarzni muntazam ravishda to'lashiga ishonch hosil qiladi va yaqin kelajakda barqaror daromad manbaini yo'qotishida shubhalanmaydi.
Deklaratsiya qilinmagan daromadlar bugungi kunda ham mamlakat aholisi daromadlarining katta qismini tashkil qilmoqda. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda aholining deyarli 40 foizi qonuniy ro'yxatdan o'tishni chetlab o'tib pul ishlamoqda - ular qora ish haqi olishadi, bozorlarda ishlaydilar yoki boshqa ish turlari bilan shug'ullanadilar.
Bu yerda aniq savol tug'iladi, nima uchun shaxslar qonuniy ishlashni boshlamaydi va rasmiy daromadga ega bo'lgan odamlar kabi barcha moliyaviy imkoniyatlardan bir xil foydalanishni xohlamaydi. Bugun biz rasmiy ish haqini to'g'ri aks ettirish uchun xodim va uning ish beruvchisi qanday soliq va to'lovlarni to'lashini aniqlaymiz.
Soliq organlari korxonalarning ish haqi bo‘yicha soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashini qattiq nazorat qiladi. Xatolar jazolanadi va jarimaga tortiladi.
Xodim ham, uning bevosita ish beruvchisi ham davlatga to’lovlarni to'lashi shart.
Ish haqidan chegirib tashlanadigan yagona soliq bu jismoniy shaxslarning daromad solig’idir. U xodimning ish haqi hisobidan to'lanadi. Shuning uchun xodimlar mehnat shartnomasi bo'yicha belgilangan maoshdan kamroq miqdorda oylik oladilar. Soliq stavkasi 12%ni tashkil etadi.
Ma'lumki, jismoniy shaxslarning daromad solig’i har bir xodim uchun davlatga to’lanadigan yagona to’lov emas. Aynan xodimning o’zi faqat daromad solig'ini to'laydi. Shu bilan birga, ish beruvchi byudjetdan tashqari jamg'armalarga ajratmalarni ham amalga oshiradi va bu keyinchalik xodim uchun ijtimoiy kafolatlarni beradi.
Byudjetga to'lanishi kerak bo'lgan daromad solig'i summasi shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga (ShJBPH) ajratmalar miqdorini chiqarib tashlagan holda belgilanadi. 2022 yilda ShJBPH uchun chegirmalar daromad solig'i to'lanadigan xodimning umumiy daromadining 0,1 foizini tashkil qiladi.
Ushbu to’lovlarga qo'shimcha ravishda ish beruvchi ijtimoiy soliq to'lashi shart. Ijtimoiy soliq byudjet tashkilotlari uchun 25 foiz, boshqa soliq to‘lovchilar uchun 12 foiz miqdorida belgilangan.
Ijtimoiy soliqqa tortish ob'yekti bo’lib ish haqi shaklidagi daromad hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlarni bajarayotgan xodimga hisoblangan va to‘langan barcha to‘lovlar ish haqi shaklidagi daromad deb e’tirof etiladi.
O‘zbekistonda xodimlarning ish haqi bo‘yicha soliq to‘lash ularning ish beruvchilari majburiyati hisoblanadi. Ish beruvchilar o'z xodimlarining soliq agentlari sifatida ish olib boradilar, shuning uchun ular xodimlarning ish haqi bo'yicha ajratmalarni o'z vaqtida to'g'ri hisoblashlari va to'lashlari kerak.
Barcha soliq va to'lovlarni hisobga olgan holda ish haqini hisoblash misolini ko’rib chiqamiz:
Xodimning oylik ish haqi – 3 000 000 so'm. Daromad solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega emas. Soliq stavkasi 12%, ShJBPHga badallar - 0,1%, ijtimoiy soliq - 12%.
Bir oy uchun soliq summasi: 3 000 000 × 12% = 360 000 so'm
ShJBPH uchun oylik ajratmalar: 3 000 000 × 0,1% = 3 000 so'm
Byudjetga soliq summasi: 360 000 - 3 000 = 357 000 so'm
Natijada soliq to‘langandan keyin ish haqi: 3 000 000 - 360 000 = 2 640 000 so‘m.
Ijtimoiy soliqni to'lash ish beruvchi tomonidan o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Bizning misolimizda bir xodimga to‘lanadigan ijtimoiy soliq miqdori 360 000 so‘mni tashkil qiladi. Natijada oyiga 3 000 000 so‘m maosh oladigan bitta rasmiy xodimga bir oy davomida 720 000 so‘m miqdorida soliq va to’lovlar to‘lanadi.
Afsuski, ortiqcha to'lovlardan qochish uchun ko'plab tashkilotlar xodimlarni ro'yxatdan o'tkazmasdan yollashga harakat qiladi, ya'ni ularga "qora" ish haqini to'laydilar. Bunday holda, kompaniya soliq to'lash yukini o'z zimmasiga olmaydi. Ammo xodimning hech qanday huquqlari ham bo’lmaydi, shuningdek, Pensiya jamg'armasidagi shaxsiy hisobiga ham pul olmaydi.
Yana bir variant - bu "kulrang" ish haqi, bunda minimal ish haqidan ajratmalar to’lanadi, qolgan qismini esa xodim konvertda oladi. Bunday holda, rasmiy ish haqi minimal bo'ladi va konvertda chiqarilgan qism, afsuski, hech qanday tarzda hujjatlashtirilishi mumkin emas.
Shunday qilib, norasmiy maoshga ega bo'lgan odamlar guruhi shakllanadi, ular go'yo pulga ega, lekin uni hujjatlashtira olmaydilar.