Hayotimiz davomida biz doimo turli tanlovlarga tez-tez duch kelamiz, va ko’p hollarda o'zimiz va yaqinlarimizning tinchligi va farovonligi biz qilgan tanlovimizga bog’liq bo’ladi.
Har bir inson o'zi va oilasi uchun eng yaxshisini xohlaydi. Lekin, shu bilan birga, hamma ham bir vaqtning o'zida barcha istagan narsalarga ega bo’la olmaydi. Bunday holatda biz tanlov qilishimiz kerak: kredit olib hoziroq xohlagan narsamizdan foydalanishni boshlaymiz yoki qarz mablag'lariga murojaat qilmasdan sotib olish uchun pul jamg’aramiz.
Kredit olishning asosiy kamchiligi shundaki, kreditlar, albatta, qaytarilishi kerak. Nafaqat kreditning o'zi, balki ustiga qo’shiladigan foizlar bilan birga qaytarilishi kerak.
Biroq kredit olib, siz hoziroq kerakli narsa yoki xizmatdan foydalanishingiz mumkin: uyni ta'mirlash, yangi mebel, texnika yoki mashina sotib olish va boshqalar. Ushbu tovarlarni kredit hisobiga hozir sotib olish orqali, siz narxlarni bilasiz va o'zingiz uchun byudjetingizni hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Pulni jamg'arishda esa oldindan hisob-kitob qilish qiyinroq bo'ladi - inflyatsiya va narxlarning o'sishi bizning hayotimizdan hali hech qayerga yo’qolib qolmagan. Shuning uchun pulni tejash paytida shunday bo'lishi mumkinki, sizga kerak bo'lgan narsaning narxi 20-25% ga ko'tarilib ketadi va yana qo’shimcha pul jamg’arishingiz kerak bo'ladi, bunday holat qayta-qayta takrorlanishi ham mumkin.
Oddiy misol – uyni ta'mirlash. Ikki xonali kvartirani ta’mirlashning o'rtacha narxi shartli ravishda 30 million so'mdan 50 million so'mgacha pulni tashkil etadi (bu katta dizaynerlik ta'mirlarini nazarda tutmaganda, bunday ta’mirlashning narxi 100 million so'm yoki undan ham ko'proq bo'lishi mumkin).
Shunday qilib, oilaviy kengashda siz kelajakdagi ta'mirlash parametrlarini aniqladingiz va ishlarning ro'yxatini taxminan tasvirlab berdingiz, qurilish do'konlaridagi narxlarni tahlil qilib, dastlabki hisob-kitob qildingiz – ta'mirlash qiymati taxminan 40 million so'mni tashkil etdi.
Variant 1
Siz uyni ta’mirlash uchun to'liq miqdorda kredit olasiz, o'zingiz uchun qulay to'lov muddatini va miqdorini tanlaysiz va ta'mirlash ishlarinini boshlaysiz. Ta’mirlash ishlari va materiallarining narxi sizning hisob-kitobingizga to’liq mos kelyapti. Qarabsizki, 1-2 oydan keyin siz va sizning oilangiz ta'mirlangan xonadonda hayotdan zavqlanib yashayapti.
Shu bilan birga, siz bankka kreditni qulay to'lovlarda to'lab bormoqdasiz va, ehtimol, kelajakda kreditni muddatidan oldin to’lash orqali qarz yukingizni kamaytirish imkoniyatini ham topasiz.
Variant 2
Siz har oyda jamg’arishingiz mumkin bo'lgan miqdorni belgilab, har oyda oilaviy byudjetdan ta'mirlash uchun kerakli miqdorni yig’ish uchun pul ajratishni boshlaysiz. Aytaylik, har oy 2 million so‘mdan ajratasiz. Umuman olganda, sizga kerak bo‘lgan 40 million so‘mni yig’ish uchun 20 oy – deyarli 2 yil vaqt kerak bo‘ladi. Mablag' to'liq yig'ilganda siz mamnuniyat bilan uyni ta’mirlash uchun ishchilar guruhini qidirishni yoki qurilish do'konlarida narxlarni o’rganishni boshlaysiz. Afsuski, bu davrda narxlar 15% ga oshganini tushunasiz, ya’ni uyni ta’mirlash uchun siz yana 6 mln. so’m yig’ishingiz kerak. Shunda oldingizda tanlov turadi: ta'mirlash harajatlarini kamaytirish (rejalashtirilgan sifatdan yomonroq materiallarni sotib olish yoki biror joyni ta’mirlamaslik) yoki narxlar o’zgarmasligi kafolatisiz yana 3 oy pul yig’ish.
Albatta, qaysi variantni tanlash har doim o’zingizga bog'liq, ammo har ikkala yondashuv afzalliklarini hisoblab chiqqan holda ikkala variant ham ko'rib chiqishga arziydi. Har bir aniq holat batafsil moliyaviy taqqoslashni talab qiladi, bu haqiqatan ham ongli tanlov qilishga yordam beradi.