Top.Mail.Ru

Mikroqarzni qanday olish mumkin?

Bugungi kunda nafaqat banklar tomonidan, balki mikrokredit tashkilotlaridan ham mikroqarz rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabaringiz bormi?

Mikroqarzni qanday olish mumkin?

Bugungi kunda nafaqat banklar tomonidan, balki mikrokredit tashkilotlaridan ham mikroqarz rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabaringiz bormi?

Mikroqarz olish uchun Siz murojaat qilmoqchi bo‘lgan tashkilotni tanlab, bank yoki mikrokredit tashkilotiga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

- mikroqarz olish uchun ariza;

- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet);

- faoliyat va daromad haqida maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar.

Qaysi holatlarda mikroqarz ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinadi:

- ijobiy kredit tarixi;

- doimiy daromad manbaining mavjudligi;

- yetarli taʼminotni taʼminlash;

- kerakli hujjatlarni to‘liq taqdim etish.

Shuningdek, ayrim tijorat banklarining mobil ilovalari orqali masofadan turib onlayn mikroqarz rasmiylashtirish ham mumkin. Quyidagi qaysi banklar tomonidan onlayn mikroqarz rasmiylashtirish bo‘yicha ro‘yxat ilova qilamiz.

Bank nomi

 

Mikroqarz miqdori

Foizi

 

Muddati

 

Ipoteka-Bank 24.5 mln.so‘mgacha  23 foiz24 oy
Sanoatqurilishbank24.5 mln. so‘mgacha23 foiz12 oy
MikrokreditbankShartnomaga asosan24 foiz3 oy
Trastbank10 mln.so‘mgacha25 foiz12 oy
Davrbank25 mln. so‘mgacha26.99 foiz36 oy
Aloqabank2.45 mln. so‘mgacha26.9 foiz1 oy
Agrobank5 mln. so‘mgacha26.99 foiz1 yil
TBC bank20 mln.so‘mgacha29 foiz36 oy
Ravnaqbank30 mln.so‘mgacha30 foiz12 oy
Orientfinansbank15 mln.so‘mgacha30 foiz12 oy
Ipak yo‘li banki24.5 mln.so‘mgacha34.9 foiz1 yil

Xususan, mikroqarz ajratuvchi kredit tashkilotlari nomi va manzillari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar hamda barcha tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha maʼlumotlar depozit.uz saytining “Mikroqarzlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.

21:02 • 30 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish