Garovsiz mikroqarz
Mikroqarzni “Garovsiz olsa bo’ladimi?” degan savol ko’pchilikni qiziqtiradi.
Bizning javobimiz: “Ha, albatta bo’ladi, kafillik yoki sug’urta polisini ta’minot sifatida taqdim etib, ma’lum miqdorgacha mikroqarz olish mumkin”.
Aynan qaysi banklardan olish mumkinligini ko’rsatish maqsadida Depozit.uz eng qulay garovsiz mikroqarzlarning TOP 3 taligini taqdim etadi.
1. “Trastbank”ning mikroqarzi:
Maksimal summa: 25 mln. so’m.
Mikroqarz muddati va foizi:
12 oygacha – yillik 25%.
24 oygacha – yillik 27%.
Ta’minot: jismoniy shaxs kafilligi yoki sug’urta polisi.
Mikroqarz “Trastbank”da ochilgan plastik kartaga o’tkazib beriladi.
2. “Asia Alliance Bank”ning “Fursat” mikroqarzi:
Maksimal summa: 18,3 mln. so’m.
Mikroqarz muddati: 12 oygacha.
Mikroqarz foizi: yillik 25%.
Ta’minot: jismoniy shaxs kafilligi yoki sug’urta polisi.
Mikroqarz “Asia Alliance Bank”da ochilgan plastik kartaga o’tkazib beriladi.
3. “Turonbank”ning mikroqarzi:
Maksimal summa: 24,5 mln. so’m.
Mikroqarz muddati: 24 oygacha.
Mikroqarz foizi: yillik 26%.
Ta’minot: jismoniy shaxs kafilligi yoki sug’urta polisi.
Mikroqarz naqd shaklda yoki “Turonbank”da ochilgan plastik kartaga o’tkazib beriladi.
Yanada ko’proq garovsiz mikroqarzlar bilan bizning saytimizda tanishing.