Top.Mail.Ru

Mikroqarz olishda rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslar uchun qanday talablar mavjud?

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida kredit kerak bo’lgan vaziyat, lekin qarz oluvchining rasmiy ish joyi yo’qligi holati juda ko’p uchrab turadi.

Mikroqarz olishda rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslar uchun qanday talablar mavjud?

Biroq bunda jismoniy shaxs barqaror daromadga ega bo’lishi mumkin: frilansing, repetitor sifatida ishlash yoki kvartirani ijaraga berish orqali daromad olib turgan bo’lishi mumkin. Ulardan ba'zilari esa hatto kattagina daromadga ega ham bo’lishi ehtimoli bor va shuning uchun ular banklar uchun qiziqarli mijozlardir.

Shu sababli, ba'zi banklar rasmiy ish joyiga ega bo’lmasdan kredit olish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturlarni ishlab chiqmoqdalar.

Qonun rasmiy daromadsiz kredit berishni to’g’ridan-to’g’ri taqiqlamaydi. Rasmiy daromad bank uchun mijozning to'lov qobiliyatining qo'shimcha kafolatigina bo'lib xizmat qiladi.

Mikroqarz olish uchun mijoz banklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiruvidan o‘tishi kerak. Vaqtingizni behuda sarflamaslik uchun, qarz oluvchi sifatida munosib ekanligingizni oldindan bilib olish yaxshiroqdir.

Rasmiy daromadga ega bo'lgan va bo'lmagan shaxslar uchun standart talablar mavjud.

Qarz oluvchiga qo'yiladigan standart talablar:

Fuqarolikning mavjudligi. Banklar, odatda, faqat mamlakat fuqarolariga kredit beradi, ammo bugungi kunda ularning ba’zilari chet el fuqarolariga ham kredit berishni yo’lga qo’ygan. Ushbu talab bankning o'zidan aniqlanishi kerak.

Qarz oluvchining yoshi. Bank, albatta, qarz oluvchining yoshiga katta e'tibor beradi. Minimal chegara - 18 yosh, lekin bir qator bank muassasalarida kamida 20-21 yosh bo'lishi kerak. Maksimal yosh 60-65 yosh bilan cheklangan. Ammo bank 60 yoshga to'lgan qarz oluvchiga kredit berishga rozi bo'lishini anglatmaydi, aksincha, rad etishi ham mumkin (shuni hisobga olish kerakki, nafaqadagilar uchun kreditlashning maxsus dasturlari mavjud).

Qo'shimcha mezonlar to'plami:

O’zini o’zi band qilish guvohnomasining mavjudligi. O’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tganlar turli xil faoliyat turlari bilan shug’ullanishlari va shu orqali o'z daromadlarini ko'rsatishlari mumkin. So'nggi paytlarda banklar o’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun turli xil kredit turlarini faol ravishda taklif qilmoqdalar va shu tariqa rasmiy daromadi bo'lmagan ko'plab odamlarga kredit olish imkoniyatini bermoqda.

Aksariyat hollarda rasmiy daromadsiz mikroqarz olishning majburiy talabi likvid garovning mavjudligi hisoblanadi. Banklar, agar ular uchun garov yoki kafolat berilmagan bo'lsa, arizalarni tasdiqlashdan bosh tortadi.

Bundan tashqari, qarz oluvchining kredit tarixi hisobga olinadi. Muddati o'tgan qarzlarning yo'qligi kredit olishning asosiy talabidir.

Ammo banklar rasmiy daromadsiz shaxslar uchun kreditlar bo’yicha alohida shartlarni belgilaydilar. Ularga quyidagilar kiradi:

  • balandroq foiz stavkasi (bankning risklarini qoplash imkoniyatini beradi);
  • kichik kredit limiti;
  • qisqaroq kredit muddati.

 

Har bir bankning qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablari turli xil bo'lishi mumkinligini hisobga olsak, qarz oluvchi bir bankning talabliga mos kelmasa, u har doim boshqasiga moslashishga harakat qilishi mumkin.

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.

17:13 • 29 March, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish