Top.Mail.Ru

Kredit tarixida xato bo'lsa uni qanday to'g'irlash mumkin?

Banklar yuqori ish haqi va oldingi kreditlar bo'yicha qarzdorlikning yo'qligiga qaramay, ba’zi hollarda kredit berishdan bosh tortadilar. Buning sababi kredit tarixigi xatolar bo'lishi mumkin.

Kredit tarixida xato bo'lsa uni qanday to'g'irlash mumkin?

Xatolar qayerdan keladi?

Kredit tarixi - bu bank mijozni qarz oluvchi sifatida baholaydigan elektron hujjatdir: mijozga qanchalik ishonish mumkin, qancha miqdorda va qanday xavf bilan kredit berish mumkin. Bitta bank qarz oluvchining boshqa banklardagi harakatlari haqida bilishi uchun kredit tarixi kerak.

Muammo shundaki, kredit tarixi mijoz kredit olgan turli banklardan parcha-parchalab yig'iladi, shuning uchun biror joyda xatolik paydo bo'lishi mumkin. Bu kimning aybi bo'lishi mumkinligini quyida ko’rib chiqamiz.

  1. Qarz oluvchining aybi tufayli. Kredit tarixi haqida g'amxo'rlik qilish va undagi ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirish qarz oluvchining zimmasidadir. Bank sizga kredit tarixingizdagi xatolar haqida aytmaydi. Yangi kredit bo'yicha rad javobini olgandan keyingina xatolar haqida bilmaslik uchun, navbatdagi kredit shartnomasini yopgandan so'ng har doim kredit tarixingizni tekshiring va kredit to'langanidan keyin qancha vaqt o’tgandan so’ng ma'lumotlar kredit tarixingizda yangilanishini bankdan bilib oling.
  2. Bankning aybi. Bunday xatolar ham ko'pincha uchrab turadi. Misol uchun, mijoz qisman muddatidan oldin to'lovni amalga oshirdi va kredit qarzi ham oylik to'lovi ham kamaydi, yoki kreditni to'liq yopdi va bank byuroga o'zgarishlar haqida ma'lumot yubormadi. Shuning uchun, mijozning kredit tarixi hali ham yuqori miqdordagi oldingi to'lovni ko'rsatadi yoki to’liq yopilgan kredit faol hisoblanadi. Shu sababli, qarz oluvchi yangi kredit olishg uchun murojaat qilganda rad javobini olishi mumkin.

Bank qarz oluvchini baholaganda, boshqa banklarning ma'lumotlarini qayta qayta tekshirishga majbur emas. Odatda kredit tarixi to'liq va ishonchli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi deb hisoblanadi. Qarz oluvchining o'zi kredit tarixidagi xatolarni kuzatishi kerak.

  1. Firibgarlar tufayli. Bu holat ham ba'zida sodir bo'ladi - firibgarlar boshqa birovning pasportidan foydalangan holda kredit olish uchun ariza berishi. Bunday holatlarning oldini olish uchun kredit tarixingizni muntazam tekshirib turing - kamida olti oyda bir marta. Agar kredit tarixida olinmagan kredit bo’yicha yozuvni topsangiz va siz bunday kredit olmaganligingizni aniq bilsangiz, darhol qarz beruvchiga so'rov yuboring, u qachon berilganligini bilib oling va masalani tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiling.

Noto'g'ri ma'lumotni qanday tuzatish kerak

Kredit tarixingizni qanday yaxshilashni aniqlashdan oldin, undagi ma'lumotlar haqiqatda noto'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Keling, muammo sizning to'lov qobiliyatingizda bo’lmagan holatdar sizga kredit berish rad etilsa, nima qilish kerakligini bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz.

1-qadam: Kredit tarixini bilish uchun so’rov yuboring.

Masalan, bank yoki kredit tarixi byurosida yoki Depozit.uz saytida. Shuningdek, siz davlat xizmatlari saytida ham kredit tarixingizni ko'rishingiz mumkin - yiliga bir marta bepul.

2-qadam: Ma'lumotlarni diqqat bilan ko'rib chiqing

Joriy kreditlar bo’yich kechiktirilgan to'lovlarni tekshiring, barcha o'tgan kreditlar yopilganligiga va ortiqcha qarz majburiyatlari yo'qligiga ishonch hosil qiling.

3-qadam: Xatolar yo’qligini qayta tekshiring

Ma'lumot haqiqatan ham noto'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun "yetti o'lchab, bitta kes" degan maqolga amal qiling. Chunki faqatgina noto'g'ri ma'lumotlar tuzatilishi mumkin.

Agar kimdir sizning kredit tarixingizni "tozalashni" taklif qilsa, ular firibgarlardir. Aldanmang!

4-qadam: Agar noto'g'ri ma'lumot topsangiz, qarz beruvchi yoki kredit byurosi bilan bog'laning.

Xato aniqlangan bankka ariza yuboring. Muammoni batafsil tavsiflang, noto'g'ri deb hisoblagan ma'lumotni ko'rsating va uni to’g’irlashni so'rang. Bank noaniqlikni tuzatadi yoki kredit tarixidagi ma'lumotlarning to'g'riligini isbotlaydi.

Kredit tarixingizga o'zgartirishlar kiritish uchun arizani byuroga yoki bankning elektron pochta manziliga yuboring. Dalillarni ilova qiling, masalan, kredit bo'yicha qarzdorlik yo'qligi to'g'risidagi guvohnoma yoki hisobvaraqdan ko'chirmani qo’shing.

Kredit byurosi arizani ko'rib chiqadi va xato tuzatilgandan so'ng ma'lumotlarni yangilaydi.

Muntazam tekshiruvlar zarurati moliyaviy xavfsizlik kafolati hisoblanadi.

Kredit tarixingizdagi xatolar juda kam uchraydi, ammo ularni butunlay inkor etib bo'lmaydi. Sabablari turli xil bo'lishi mumkin - inson omili, texnik nosozlik, dasturiy ta'minot xatosi va hatto firibgarlarning zararli harakatlari.

Faqatgina sub'yektlarning kredit tarixini muntazam tekshirishlari noto'g'ri yozuvlardan himoyalanishni kafolatlaydi. Aynan shu maqsadda qonun qarz oluvchilarga kredit tarixini yiliga bir marta bepul bilib olish va hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirish imkonini beradi.

17:29 • 30 January, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish