Top.Mail.Ru

Kredit tarixini bilish yo'llari

Jismoniy shaxslar kredit tarixini bir necha usul orqali bilib olishlari mumkin.

Kredit tarixini bilish yo'llari

1. Kredit axborot-tahlil markazi (Kredit byurosi) saytidagi shaxsiy kabinet orqali.

Buning uchun OneID tizimi orqali kredit byurosining veb-saytida ro'yxatdan o'tish kifoya.

2. Pochta xizmati orqali.

Buning uchun siz Kredit axborot-tahlil markazining (kredit byurosi) pochta manziliga so‘rov yuborishingiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasini, imzolangan arizani (kredit byurosi saytidagi namunaga muvofiq), shuningdek arizachining imzosini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan guvohnomani ilova qilishingiz kerak.

3. Video murojaatdan foydalanish.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ushlagan holda arizachining video xabari kredit byurosining elektron pochta yoki telegram akkauntiga yuborilishi kerak. Bu usulda imzolangan arizani ham ilova qilish kerak (kredit byurosi saytidagi namunaga ko'ra).

4. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Bugungi kunda kredit tarixini olishning eng mashhur usuli my.gov.uz Yagona portalidir.

  • Buning uchun Yagona portalda ro'yxatdan o'ting va "Kredit tarixini olish" bo'limiga o'ting.
  • Bir necha qadamlardan so'ng sizga olingan kreditlar haqida batafsil ma'lumot beriladi.

 

Muhim! Kredit tarixingiz haqidagi ma'lumotni yiliga bir marta bepul va to'lov evaziga - cheksiz ko'p marta hech qanday sabab ko'rsatmagan holda olish mumkin.

Bundan tashqari, siz to'g'ridan-to'g'ri kredit byurosiga tashrif buyurib, kredit tarixini olishingiz mumkin. Bunday holda, agar jismoniy shaxs shaxsiy kredit tarixini olishni xohlasa, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini taqdim etish kifoya. Agar u boshqa shaxsning vakolatli vakili bo'lsa, u vakolatli shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasini va vakillik uchun notarial tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Depozit.uz saytida bo'lib to'lash asosida tovarlar xarid qilish va shu jarayonda kreditga layoqatlilik, daromadlar tarixi va boshqa ma'lumotlar tahlili asosida banklardan kredit olish ehtimolini masofadan turib tekshirishingiz mumkin.

Ushbu xizmat: 

  1. Kredit tarixini (Kredit byurosi ma'lumotlari asosida);
  2. Daromadlar tarixini (Soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida);
  3. MIBdan qarzdorlik mavjudligini;
  4. Shaxsiy ma'lumotlar asosida ma'qullanish ehtimoli yuqori bo'lgan kreditlar ro’yxatini;
  5. Kredit berish rad etilgan taqdirda, sababini ko’rish imkoniyatini beradi.
17:36 • 05 February, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish