Top.Mail.Ru

Kredit olish uchun moliyaviy imkoniyatlarni to'g'ri baholash qoidalari

Shoshilinch ta'mirlash, buzilgan muzlatgich o'rniga yangisini sotib olish, ijara haqini to'lash o'rniga kvartira sotib olish - ko'pchilikka tanish rejalar.

Kredit olish uchun moliyaviy imkoniyatlarni to'g'ri baholash qoidalari

Ba'zi holatlarni oldindan aytish qanchalik qiyinligi yoki katta-katta rejalarni amalga oshirish uchun mablag'ni jamg’arish qanchalik qiyinligi ham hammaga ma'lum. Bunday vaziyatda, ehtimol, sizning orzuingizni amalga oshirishningyagona yo’li - bu kreditdir. Ammo bu masalada ko'plab muhim jihatlar mavjud. Xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun kredit olishning asosiy qoidalarini bilish muhimdir.

Kredit bir necha yillardan beri butun dunyo bo'ylab millionlab foydalanuvchilar uchun qulay moliyaviy yechim bo'lib kelmoqda. Agar siz kredit takliflaridan to'g'ri foydalanishni bilsangiz, siz noqulay vaziyatlarga va buzilgan kredit tarixiga duch kelmasgan holda hayotdan zavqlanib yashashni davom ettirishingiz mumkin.

Kredit olishdan oldin juda ehtiyotkorlik bilan o'ylab ko'rishingiz kerak. Ijobiy va salbiy tomonlarini ko’ring, xarajatlaringiz va daromadlaringizni baholang. Ehtimol, siz xarajatlaringizni biroz qisqartirishingiz kerak va siz qarz olishingiz shart emasdir. Kredit olishni rejalashtirishdan oldin siz o'zingizning imkoniyatlaringizni oqilona baholashingiz kerak. Axir, pulni siz foiz bilan qaytarishingiz kerak bo'ladi.

Ehtiyojlaringiz va imkoniyatlaringizni baholang

Agar siz kredit olishga qat'iy qaror qilsangiz, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat va yo’l-kira uchun qancha pul kerakligini aniq hisoblashingiz kerak. Qolgan daromadingizni yarmiga bo'ling. Natijada siz har oy bankka berishingiz mumkin bo'lgan miqdor hosil bo'ladi va siz qiynalib qolmaysiz. Ammo bu holatda universal maslahat: oylik kredit to'lovi oilaning oylik daromadining 40 foizidan oshmasligi kerak. Bu kreditni qulay tarzda to'lash imkonini beradigan to'lovlar miqdoridir.

Kreditni tanlang

Kredit olishning keyingi bosqichi kredit turini tanlashdir. Barcha kreditlar maqsadli (ipoteka, avtokredit, iste’mol, ta’lim) va maqsadli bo‘lmagan (mikroqarz) bo‘ladi. Maqsadli kreditlar, nomidan ko'rinib turibdiki, faqat aniq maqsadlar uchun beriladi: ko'chmas mulk, avtomobil, uy-ro'zg'or buyumlari, ta'lim va boshqalar uchun to’lov qilish. Maqsadli kreditlar ko'pincha maqsadli bo'lmagan kreditlarga qaraganda arzonroq bo'ladi, chunki bank mablag'larning sarflanishini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Shuning uchun, qanday maqsadda kredit olayotganingizni va sizga qancha pul kerakligini bilish muhimdir. Siz "har ehtimolga qarshi" kerakli miqdordan ko'proq pul olmaysiz.

Bozor takliflarini o'rganing

Kreditning maqsadi to'g'risida qaror qabul qilganingizdan so'ng, tegishli bankni qidirishni boshlang. Foiz stavkalari, komissiyalar, garov yoki kafillik talablari va mijozlarning fikrlari kabi kreditlash shartlariga e'tibor bering.

Birinchi duch kelgan bankdan kredit olish maqsadga muvofiq emas, shuningdek faqat reklamaga tayanmasligingiz yoki oilangiz va do'stlaringiz maslahatiga quloq solmasligingiz ham kerak. Banklar va mikromoliya tashkilotlari qanday shartlarni taklif qilayotganini o'zingiz o'rganing. Ko'pgina qarz oluvchilar katta xatoga yo'l qo'yishadi: ular duch kelgan birinchi muassasaga borib, birinchi taklifga rozi bo'lishadi. Eng mos variantni tanlash uchun bir nechta kreditlarni o'rganish tavsiya etiladi. Bu ishga vaqt sarflashga erinmang. Bu sizga xatolardan qochish va pulingizni tejashga yordam beradi.

Samarali foiz stavkasi qanday bo'lishini so'rashni unutmang. Mijoz uchun bu muhim ko'rsatkich bo'lib, uning yordamida siz kreditning to'liq qiymatini, shu jumladan komissiyalar va uchinchi tomon xizmatlari uchun to'lovni (notarius, garovni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun) bilib olishingiz mumkin.

Agar siz saytda “…% dan” degan stavkasini ko‘rsangiz, “…% gacha” deganini ham aniqlang, aks holda yillik 20 foizlik stavka asosida kredit arizasini topshirib 30 foiz miqdorida ustama to’lashingiz mumkin.

Shartnomani diqqat bilan o'rganing

Shartnomada yozilgan hamma narsani o'qing, hamma narsani. Va bu shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilishi kerak. Bu ishni bemalol bankda qilishingiz mumkin. Ushbu yondashuv keyinchalik yoqimsiz kutilmagan hodisalar yoki shartnomada siz uchun mos bo'lmagan shartlarni aniqlashdan ko'ra yaxshiroqdir. Har bir kredit tashkiloti, sizning iltimosingiz bo'yicha, o'qish uchun 1-3 kunlik kredit shartnomasi matnini taqdim etishi shart.

Intizomli bo’lishni unutmang

Esda tutingki, kredit shartnomasini imzolash uning barcha shartlariga rozi bo'lishni va ularni bajarish bo'yicha majburiyatlarni qabul qilishni anglatadi. Kredit shartnomasiga muvofiq majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, kredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq garovga qo‘yilgan mol-mulkni suddan tashqari yoki sud tartibida undirib olishga haqli. Shu munosabat bilan, agar siz shartnomaning barcha shartlarini bilsangiz va uning barcha oqibatlarini to'g'ri tushunsangiz, kredit shartnomasi imzolanishi kerak.

O'zbekistonda mavjud bo'lgan barcha kreditlar shartlari bilan Kreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

17:20 • 04 March, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish