Top.Mail.Ru

Insofli soliq to‘lovchi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratildi

2021 yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti doirasida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda,

Insofli soliq to‘lovchi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratildi

2021 yil 20 avgust kuni  tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti doirasida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra:

1.    2021 yil 1 oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hicobga olish tartibi o‘rnatildi.

Xususan:

- mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan imkoniyat oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan – intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

2022 yil 1 yanvardan boshlab:

- qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;

- soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

10:09 • 25 August, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish