Top.Mail.Ru

Bank depozitini qanday tanlash mumkin?

Daromad olish maqsadida pulni joylashtirish g'oyasi paydo bo'lganda, ko'pchilik bankda omonat ochish haqida o'ylaydi.

Bank depozitini qanday tanlash mumkin?

Birinchidan, omonat ochish uchun maxsus ko‘nikma va bilim kerak emas. Bankka murojaat qilish yoki bankning mobil ilovasi orqali onlayn ariza topshirishning o’zi kifoya.

Ikkinchidan, banklardagi pullar davlat tomonidan sug’urtalanadi, daromadlar esa kafolatlanadi. Bu shuni anglatadiki, har qanday holatda ham mijoz o'z pulini qaytarib oladi va kafolatlangan daromad ham oladi.

Lekin asosiy masala – omonatni qanday to’g’ri tanlash kerak degan savoldir. Bu savolga javob topish uchun bankka omonat qo’ymoqchi bo’lgan shaxs o’z ehtiyojlarini bilishi kerak – omonat bo’yicha nima muhimroqligini aniqlagan holda tanlov qilish kerak.

Omonatni tanlashda bir nechta omillarni hisobga olish muhim:

  1. Omonat miqdorini aniqlamoq. Chunki omonatning daromadliligi birinchi navbatda uning hajmiga bog'liq. Agar mijoz katta miqdordagi mablag'ni qo’ysa, daromad yuqori bo'ladi. Omonat miqdori qanchalik kichik bo'lsa, u bo’yicha foiz daromadi shunchalik past bo'ladi.
  2. Yuqori stavkani qidiring. Har qanday odam bankka bergan pulidan katta foyda olishni xohlaydi. Shuning uchun depozit tanlashda asosiy shartlardan biri bu foiz stavkasi hisoblanadi. Stavka qanchalik baland bo'lsa, daromad shunchalik yuqori bo'ladi. Istalgan vaqtda bankrot bo'lishi yoki yopilishi mumkin bo'lgan ishonchsiz banklargina yuqori stavkalar taklif etiladi, degan asossiz fikr mavjud. Bunday fikr haqiqatga mos kelmaydi. Ishonchsiz banklar yo'q, barcha banklar davlat qonunlariga muvofiq ishlaydi va mijozlarga taqdim etilayotgan har qanday bank mahsulotlari uchun ular mijozlar oldida javobgardirlar.
  3. Valyutani tanlang. Eng daromadli omonatlar bu milliy valyutadagi omonatlardir. Ular bo’yicha stavkalar xorijiy valyutadagi (dollar va evro) depozitlardan sezilarli darajada balandroq. Biroq, ko'plab ekspertlar chet el valyutasidagi depozitlarni rad etmaslikni tavsiya qiladi, chunki bunday depozitlarga inflyatsiya nisbatan kamroq ta’sir qiladi, shuning uchun bunday omonatlar egalari daromadga ega bo’ladilar.
  4. Uzoq muddatga omonat qo’ying. Pulni saqlash muddati qanchalik uzoq bo'lsa, foiz va daromadlilik shunchalik yuqori bo'ladi. O‘zbekiston banklaridagi eng foydali omonatlar bir yil va undan ortiq muddatga rasmiylashtiriladi.
  5. Omonat shartlarini o’zingiz uchun aniqlab oling. Omonatning daromadliligi tanlangan parametrlarga bog'liq: valyuta turi, to'ldirish va qisman yechib imkoniyati, imtiyozli yopish va boshqa shartlar. Qoidaga ko'ra, omonat qancha ko'p imkoniyatlarni taqdim etsa, uning daromadliligi shunchalik past bo'ladi.

Misol uchun, agar siz omonatni qachon pul kerak bo'lishini aniq bilmasdan turib ochsangiz, qisman muddatidan oldin yechib olish yoki imtiyozli (foizlarni yo'qotmasdan) tugatish imkoniyati bilan omonatni tanlash yaxshidir. Daromad biroz pastroq bo'lishi mumkin, ammo pulni istalgan vaqtda olish imkoniyatini saqlab qolish mumkin.

Agar siz o'z mablag'ingizni, misol uchun bir yil davomida "qulflashga" tayyor ekanligingizga ishonchingiz komil bo'lsa, bunday muddatga "odatiy omonat" eng yaxshi yechim bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, omonatni oshirib borish imkoniyati haqida ham o'ylab ko’rish kerak. Bank mahsulotlarining qatorida qo’shimcha mablag’ kiritilib boriladigan omonatlar mavjud - muntazam ravishda pul jamg’arishga odatlangan shaxslar uchun bu juda qulay vositadir.

O‘zbekiston banklaridagi eng foydali depozitlar hamda omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni taklif etayotgan banklar Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida keltirilgan.

14:48 • 18 August, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish