Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar bilan oldi-sotdi qilish ruxsat etilgan, joiz amaliyotlardan.
Sababi, aksiyalar – korxonalardagi ulushni belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Lekin hamma korxonalarning ham aksiyalarini oldi-sotdi qilish mumkin emas. Sizlarga qanday hollarda korxonaning aksiyalari bilan oldi-sotdi qilish mumkinligi haqida quyida tushuntirib o’tamiz:
Eng birinchi bo’lib, korxonaning faoliyati islom talablariga asosat yuritilishi kerak. Ya’ni spirtli ichimliklar, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish yoki buzuq o‘yin-kulgu sohalari bo‘lmasligi kerak. Agarda mana shu talablarga korxona javob beradigan bo’lsa, yana bir nechta keyingi talablariga ham javob berishi shart. Bunda korxonaning qarz mablag’lari qaysidir manbaadan olingan bo’ladi va bunda qarz mablag’lari foizli va foizsiz bo’lishini bilamiz. Endi asosiy qismga o’tsak, siz aksiyasini sotib olayotgan korxonangizga bank krediti, obligatsiyalar va deposit sertifikatlar kabi manbaalardan pul jalb qilingan bo’lsa, bunda shu mablag’larning korxonaning jami aktivlariga nisbati 33% dan oshsa, bu korxonaning aksiyalarini sotib olish mumkin emas deyilgan.
Yana bir eslatma! Hozirda yuz foiz toza korxonani topish qiyin albatta, ayniqsa xorijiy kompaniyalarning manbaasi noma’lum joylardan ham keladigan mablag’lari mavjud.Korxonalarning siz shubhalanayotgan daromadlari jami daromadining 5% idan ortiq bo’lmasligi joiz. Bunda sizda ushbu korxonaning aksiyasi yoki boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olishda shubhangiz bo’lsa, siz korxonaning shubhali daromadi 4% bo’lsa-yu, bu korxona aksiyasidan daromad olsangiz, shu daromadning 4% ini ehson tariqasida sadaqa qilishingizga to’g’ri keladi.
Yana bir muhim eslatma! Islomda aksiyalarni sotib olib qisqa muddatda sotish nojoizdir, chunki bunda aksiyalar qarzga olinib aksiya narxi tushgan vaqtda boshqa kishiga sotib yuboriladi.
Shu o’rinda bir savol javobni ham e’tiboringizga havola etamiz:
Javob:
(SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)