Top.Mail.Ru

Aksiya yoki obligatsiya: qaysi birini tanlagan ma’qul?

Pul jamg’armalaridan daromad olishning yana bir usulu – bu qimmatli qog’ozlar sotib olishdir. Qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilish orqali yaxshigina daromadga ega bo’lish mumkin.

Aksiya yoki obligatsiya: qaysi birini tanlagan ma’qul?

Ma’lum bir kompaniyaning qimmatli qog’ozlari – aksiya yoki obligasiyalar oldi-sotdisi orqali boyib ketgan shaxslar haqida ko’p eshitganmiz. Bu qanday amalga oshirilishi va qimmatli qog’ozlarning qaysi biri foydaliroq ekanligi haqida barchamizga qiziq albatta. Bugun bu ikki qimmatli qog’ozning farqli jihatlari va qaysi biri afzalroq ekanligi haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.

Sodda til bilan tushuntirganda, aksiya emitent (kompaniya) uchun qo’shimcha daromad jalb etish maqsadida maxsus vakolatli organlar – Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi – hozirda Moliya vazirligi  tarkibidagi department,  shuningdek, openinfo.uz – korporativ axborot yagona portali va ma’lumot oshkoraligini ta’minlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi. 

Obligatsiya esa – emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiya nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini uni chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga va uning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini va boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.

Ya’ni, obligatsiya sotib olgan shaxs oldida emitent qarz majburiyatni bo’yniga oladi.  Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik kompaniyalari (AO) tomonidan chiqariladi. Ammo qonunchilikdagi o’zgarishlarga ko’ra, 2020-yilning fevral oyidan boshlab O’zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) uchun ham  korporativ obligatsiyalar chiqarish imkoni yaratilgan. 

Quyidagi jadvalda ikkala qimmatli qog’oz o’rtasidagi farqlar aks ettirilgan. 

AksiyaObligatsiya
Ma’lum muddatga ega emasMuomala muddati 1 yilgacha
AO va tijorat banklari tomonidan chiqariladiAO, tijorat banklari va MChJ lar tomonidan muomalaga kiritiladi
Aksionerlarga umumiy va navbatdan tashqari yig’ilishda ishtirok etish va ovoz berish huquqini beradiObligatsiya sotib olganlar yig’ilishda ishtirok etmaydi
Emitent aksiyadan olinadigan dividendni qayta kapitalizatsiyaga o’tkazishi mumkinEmitent muomala muddati tugagan obligatsiyalar uchun belgilangan yillik foiz daromadni to’lab berishga majbur
Aksioner tasarrufidagi aksiyalar soniga qarab kompaniyada ulushga egaObligatsiya egasi kompaniya boshqaruvi va foydasida ulushga ega emas
Foydaga qarab dividend to’lanadiDividendga aloqador emas. Kompaniyaga qarz majburiyatini yuklaydi
Dividend olish muddati yilda bir martaFoydani kelishilgan muddatda olish mumkin (har oy, kvartal, har 6 oyda)
Kompaniya likvidatsiya qilinganda ulushlar eng oxirida to’lanadi (agar qolgan bo’lsa)Likvidatsiyada obligatsiya egalariga kompaniya mulki hisobidan investitsiya miqdori qoplab beriladi
Aksiya narxi emitentning moliyaviy ko’rsatkichlari, kutilmalar va to’lanadigan dividend narxiga bog’liqObligatsiyaning narxi to'g'ridan-to'g'ri uning nominal qiymatiga bog'liq 
Ayirboshlash imkoni mavjud emasOddiy va imtiyozli aksiyalarga konvestatsiya qilish mumkin

Xulosa qilib aytganda, aksiya xarid qilish treyderlik va uzoq muddatli investitsiya qilishni xohlovchilar uchun mo’ljallangan. Ammo aksiya narxlarining “o’ynashi” daromad summasining kamayish ehtimolini oshiradi. 

Obligatsiya esa emitent majburiyati bo’lganligi sababli, u bo’yicha o’z vaqtida foizli daromadni to’lab berilishi qonunchilikda ko’rsatilgan hujjatlardan tashqari kompaniya nufuzi bila ham ta’minlanadi. Bu turdagi qimmatli qog’oz bilan muomala qilishda mablag’ yo’qotish xavfi kam, ammo daromad yuqori emas. 

Har ikkala holatda ham fond bozorida professional ishtirok etadigan investitsion kompaniyalarga va ularda faoliyat yuritadigan mutaxassis xodimlar bilan muhokama qilish tavsiya etiladi. Brokerlar sizga qaysi kompaniya aksiyalarini sotib olish (sotish) kerakligi va boshqa moliyaviy operatsiyalar (sell, buy, hold) bo’yicha ko’rsatmalar beradilar.

Kompaniyalar aksiyalari, obligasiyalari va ularning kotirovkalari bo'yicha batafsil ma'lumotni Investitsiyalar sahifasida olishingiz mumkin.

18:26 • 19 July, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish